O‘zbekistonda saraton kasalliklarini davolovchi terapevtik apparat ixtiro qilindi

A A A
O‘zbekistonda saraton kasalliklarini davolovchi terapevtik apparat ixtiro qilindi

Statistik ma’lumotlarga qaraganda saraton xastaligi bilan kasallinshi butun dunyo bo‘yicha yildan-yilga ko‘payib boryapti. Mutaxassislar bu hodisani ekologik vaziyatning yomonlashuvi va atrof-muhitning inson organizmiga salbiy ta’siri bilan bog‘lashyapti. Olimlarning fikricha saraton o‘smasining rivojlanishiga avvalo genetik moyillik va kimyoviy moddalarning haddan tashqari ko‘payib ketayotganligi ekan. Shu bois olimlarimiz ushbu xastalikni davolash borasida tinimsiz izlanishlar olib boryapti. Ammo yaratilayotgan kashfiyotlar saraton xastaligi bilan kasallangan bemorlarning hayotini bir muncha vaqt uzaytirishga xizmat qilyapti, xolos. Bu esa ko‘pchilikning saraton xastaligiga davo yo‘q ekan, degan xulosaga kelishiga sabab bo‘lyapti.  Ammo yaqinda o‘zbekistonlik olimlarimiz tomonidan ixtiro qilingan yangi bir uskuna saraton xastaligini yo‘q qiluvchi mukobil vositalardan biri bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Toshkent shahridagi “IDEA IMPEX” ilmiy ishlab chikarish korxonasida raxbari va apparat ixtrochisi Komil Ismoilovich Ruziyev bilan qilgan suhbatimiz shu haqda bo‘ldi.

Komil aka, ushbu qurilma va uning saraton xastaligini davolashdagi samaradorligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tsangiz.

- Hozirgi paytgacha, ko‘pgina olimlar onkologik kasalliklarni radioto‘lqinli usul bilan davolashni qo‘llashga harakat qildilar. Bunda ular yuqori, o‘ta yuqori, va ancha baland diapazon elektrmagnit spektrini infraqizil va ultrabinafsha tebranishlarini ishlatdilar. Lekin bularning barchasi samarasiz bo‘ldi. Bu barcha elektrmagnit spektri tebranishlar, to‘plamga yig‘ish va inson terisi o‘smasining ma’lum hududlariga yuborish orqali amalga oshirildi. Chunki bunda to‘lqin uzunligi juda qisqa va gipertermiyani chaqirishga qodir. Biz esa o‘rta diapazon tebranishli oraliq elektromagnit spektri to‘lqinlari ta’siri yo‘li bilan saraton kassaliklarni butunlay  davolash mumkinligini kashf qildik.

SARATONDAN  BUTKUL  XALOS  BO‘LISh  MUMKIN

Lekin shu paytgacha ko‘pgina olimlarimiz negadir onkologik kasalliklarni davolashda bu usulni samarasiz hisoblab, elektrmagnit spektrining past va o‘rta tebranishlarini hech kim ishlatmagan. Chunki ushbu to‘lqinlarni ancha uzun va gipertermiya samarasini tashkil etmaydi, deb hisoblashgan. Ko‘pgina tadqiqotchilar yuqori intensivli tebranishlarni hujayra mutasiyasiga ta’sir qilishga qodir deb aniqlashgan, va ularni organizmni yemiradigan zaharga qiyoslashgan. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, zaharga qarshi vosita aynan shu zaharning o‘zidan olinadi ya’ni davolashda ana shu zaharning eng kam  dozalaridan foydalaniladi. Biz ana shu nazariyani isbotlash uchun “TOR” terapevtik apparatini ishlab chiqdik. U tashqi tebranuvchi konturni ma’lum miqdordagi Gers tebranish bilan o‘rta tebranishli radioto‘lqin oralig‘i ta’siri orqali organizmga yuboriladi ya’ni saraton o‘smasini yo‘q qilish uchun. Eng xavfli o‘smalardan biri hisoblangan saraton o‘smasi  o‘zgargan to‘qima hujayralarining nazoratsiz o‘sishi hisoblanadi. O‘sish paytida bu xavfli o‘sma, organizmning me’yoriy faoliyatini buzadi va immunitetning keskin pasayib ketishiga sabab bo‘ladi.

- Bugungi kunda saraton xastaligini davolashda asosan kimyoterapiya usulidan foydalanib kelinyapti. Bu haqda sizning fikringiz qanday?

- Albatta, saraton xastaligini davolashning eng ko‘p tarqalgan usullari  quyidagilar hisoblanadi:

  1. Kimyoterapiya – havfli o‘smalarni, kimyoterapiya agentlarini inson organizmiga kiritish yo‘li orqali davolash uchun qo‘llaniladi, lekin bunda barcha o‘smaga qarshi preparatlar kuchli hujayra zaharlari yoki toksinlar hisoblanadi.  
  2. Nurli radioterapiya – tibbiy tezlatkichni faol ta’sirida, elementar zarrachalarning ionlashtirilgan oqimini o‘simta to‘qimasiga yo‘naltirib, radiasiya, beta, gamma neytron yoki proton nurlanish bilan davolash.
  3. Gen terapiyasi — xavfli o‘sma rivojlanishiga genetik moyillikni taxmin qilish mumkin bo‘lgan shaxsiy tadqiqotlarning natijalari bo‘yicha insonlar uchun ishlab chiqilgan. Bu usul shunga asoslanganki, hujayralarning halok bo‘lishga majbur qiladigan genlarning yoki ularni ko‘payishiga to‘sqinlik qiladigan kasalning o‘smasiga kiritiladi.
  4. Krioablyasiya – bu usul shikastlangan to‘qimani to‘xtatib qo‘yishga va uni nekroz holatiga o‘tishga asoslanadi. Bunda tutash sog‘lom hujayralar ham talofot ko‘radi.
  5. Yuqori intensiv fokuslangan ultratovush shikastlangan hujayralarni buzilishiga moyillashuvi.
  6. Angiostatik dorilar - ularning ta’siri o‘smada kapillyarlar tashkil bo‘lishiga to‘sqinlik qilishga qaratilgan. Chunki mavjud bo‘lishi va o‘sishi uchun o‘smaga qon oqimi kerak. Kapillyarlar buzilishidan so‘ng o‘sma halok bo‘lishi kerak.
  7. Lazerterapiya – bunday davolash paytida lazer nurini yorug‘lik energiyasi issiqlik energiyasiga transformasiyalanadi. Yuqori haroratga moyil yo‘l saraton hujayralarini yo‘q qiladi.

XASTALIKNI  DAVOLASHDA  ESKI  USULLAR  SAMARASIZ

Ilgari oltin standart hisoblangan ushbu usullar aslida o‘ta samarasiz. Chunki bunday usullar o‘sma xujayralarini yo‘q qilishdan tashqari, inson organizmi immun tizimiga ulkan zarar keltiradi, lekin davolashning boshqa alternativ usullari yo‘qligi bois to hanuzgacha tibbiyotda qo‘llanib kelinmoqda.     

Hozirgi paytda ko‘pgina vaksinalar va preparatlar ishlab chiqilyapti. Lekin tadqiqotlar shuni ko‘rsatyaptiki, ushbu pereparatlar inson organizmi uchun ko‘proq zarar yetkazyapti.   

Dunyoning ko‘pgina olimlari immun tizimining funksiyasini tezkor reabilitasiya qilish imkonini beruvchi yangi preparat va usullarni ishlab chiqishga harakat qilmoqdalar.

- Bugungi kunda saraton xastaligining kundan-kunga o‘sish darajasi qay darajada deb o‘ylaysiz?

- Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra saraton dunyodagi asosiy o‘limlar sabablaridan ikkinchisi hisoblanar ekan. 2018 yilda dunyoda ushbu kasallikdan 9,6 million inson hayotdan ko‘z yumdi. Saraton dunyoda deyarli har oltinchi o‘limga sababchi bo‘lyapti.  

TRILLION MABLAG‘LAR KETYAPTI

Saraton kasalligini davolash uchun ketgan mablag‘lar ham ancha yuqori.  2010 yilda ushbu xastalik bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun taxminan 1,16 trillion AQSh dollariga teng mablag‘ sarf etilgan.

- Hozirgi kunda saraton xastaligining eng ko‘p tarqalgan turalir qaysilar?

- O‘pka (2,09 million o‘lim holatlari), ko‘krak bezi  (2,09 million o‘lim holatlari), yo‘g‘on va ingichka ichak (1,80 million o‘lim holatlari), prostata bezi (1,28 million o‘lim holatlari), teri (nomelanom) (1,04 million o‘lim holatlari), oshqozon (1,03 million o‘lim holatlari) saratonlari bugungi kunda saratonning eng ko‘p tarqalgan turlari hisoblanadi.

Sir emaski, bizning mamlakatimizda ham bu ko‘rsatgich quvonarli emas. O‘zbekistonda 100 mingdan ziyod onkologik kasallikka chalingan bemorlar ro‘yxatga olinganligi, 2018 yil 2 iyulda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Davlatning onkologik xizmati” ommaviy-anjumanda xabar qilingan edi. Shundan ko‘rinib turibdiki, ushbu kasallik hech qanday zamon va makon tanlamayapti.

SARATON O‘SMASI TIRIK ORGANIZM

Aslida saraton o‘smasi – bu tirik organizm. Agarda u yarador qilinsa, lekin o‘ldirilmasa, tajovuzkor bo‘lib qoladi va insonni tezroq yeb bitirishga harakat qiladi. Afsuslar bo‘lsinki, dunyo amaliyotida saratonni davolash o‘simtani o‘ldirishga emas, faqatgina yaralashga qaratilgan. Ammo olimlarimiz bir soniya bo‘lsin bu boradagi izlanishlardan to‘xtaganlari yo‘q. Hozirda onkologik kasalliklarni davolashning yangi innovasion yo‘llari ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Bizning “TOR” uskunamiz ham ana shu izlanishlarning bir debochasi bo‘ldi desam adashmagan bo‘laman.

- Ushbu uskunani dastlab qanday sinovdan o‘tkazdingiz va bugungi kunda “TOR” dan davo topayotganlar necha foizni tashkil etyapti?

- Dastlab ushbu uskunani  hayvonlarda tadqiqot o‘tkazishga rasman ruxsat olganimizdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika Maxsus Onkologiya va Radiologiya ilmiy amaliy tibbiy Markazi bazasida tadqiqotlar o‘tkazish uchun shartnoma tuzdik. Tadqiqot o‘tkazishda 20 ta oq rangli kalamushlar tanlab olindi va ular standart sharoitlarda plastmassa qafaslarda (har bir qafasda qafasda 5 donadan) saqlandi. Natijalari esa juda qiziq bo‘ldi. 2018 yilning boshida kalamushlar, “TOR – Texnologiya Operativnoy Reabilitasii” generasiyalanadigan terapevtik uskunada 30 minutdan 7 kun davomida o‘rta tebranishli 350 000 Gers elektrmagnit maydoni ta’siriga uchratildi va oradan bir oy o‘tgach ularga Uoker o‘sma shtammi transplantasiya qilindi. Har kuni ikki guruhga bo‘lingan kalamushlarning holati o‘rganib borildi. 5 kun davomida ikki guruhda o‘sma o‘sishi kuzatildi. 10.02.2018 y. dan oldindan “TOR” ta’siri o‘tkazilgan hayvonlar guruhida o‘smaning kamayishi, o‘sma bulgan joyda strup paydo bo‘lishi kuzatilgan. Nazorat hayvonlarida, ya’ni ta’sir utkazilmagan o‘smani o‘sishi davom etdi va 15.02.2018 y. ga barcha hayvonlar halok bo‘ldi.

USKUNA SARATONDAN BUTKUL XALOS ETADI

Tadqiqot guruhi hayvonlarida o‘sma tashkil bo‘lgan joyda chandiq paydo bo‘lgan va soch qoplamasi tiklangan. Barcha hayvonlar yashab qoldi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu terapevtik uskuna organizmning ko‘nikma reaksiyalarini kuchaytirib, immunomodulyasiyalangan ta’sirga ega, bunda organizmga salbiy ta’sirlar aniqlanmagan.

Usulni o‘ziga xosligi shundaki, “TOR”  uskuna generasiyalaydigan o‘zgaruvchan maydonni - o‘rtacha tebranish amplitudasi modulyasiyasi, “Uokker” implantasiyalangan o‘smasi bilan kalamushlarni o‘sma xujayralariga va to‘qimalariga ta’siri hujayralarni ommaviy halok bo‘lishini chaqirmaydi. Lekin transformirlangan hujayralarni “apoptozini” va hujayralarning immunokompetent proliferasiyasiga induksiyalaydi.

- Bugungi kunda ushbu uskuna onkologik kasalliklarni davolashda qo‘llanilayaptimi?

- Albatta, hozirda Respublika onkologiya markazi Toshkent shaxar filiali bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz. Ya’ni immunnomodulyator sifatida davolashda “TOR”uskunamizdan samarali foydalanyapmiz. Natijalar juda yaxshi. Hatto xastalikning eng oxirgi bosqichlarini boshidan o‘tkazayotgan bemorlar ham uskunamizdan foydalanib butunlay darddan forig‘ bo‘lish arafasida. Ushbu uskunadan nafaqat, saraton xastaligi balki inson hayoti uchun xavf solayotgan boshqa har qanday kasallikni davolashda ham keng foydalansa bo‘ladi. Masalan, o‘zimning ish tajribamda bu kabi holatlar juda ko‘p kuzatildi. 60 yoshdagi bir ayolning uskuna tufayli boshqa kasallari ham tuzalib ketdi. Yoshligi nimadir sabab bo‘lib onaxon kar va soqov bo‘lib qolgan ekan. Uskunamizdan foydalanib bo‘lgach shu onaxon gapira boshladi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Ammo eng muhimi, bugun insoniyat hayotiga xavf solib turgan saraton xastaligiga Allox nasib kilsa davo topdik.

 

- Suhbatingiz uchun tashakkur.

Suhbatdosh Gulruh YORMATOVA

 

           


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.