O‘zbekistonda milliy emlash kalendariga qanday vaksinalar kiritilgan?

O‘zbekistonda milliy emlash kalendariga qanday vaksinalar kiritilgan?

Yurtimizda joriy yil koronavirus infeksiyasiga qarshi aholini ommaviy emlash jarayoni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Xo‘sh,  mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi immunizasiya va vaksinasiya tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha qanday amaliy tajribaga ega? SSV matbuot xizmati ushbu savol bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonovga murojaat qildi. 

— Mamlakatimizda milliy emlash kalendaridagi 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalarni xarid qilish to‘liq davlat byudjetidan qoplanadi. 2020 yilda ham ana shu vaksinalarni xarid qilish 100 foiz davlat byudjetidan amalga oshirildi.

Jahon tajribasiga tayanib, sog‘liqni saqlash tizimida bosqichma-bosqich  amaliyotga  yangi  vaksinalar kiritilmoqda, masalan:
▶️ 2001 yil  chaqaloqlarni virusli gepatit V ga qarshi emlash;
▶️ 2007 yil qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi uch valentli  KPK vaksina bilan emlash;
▶️ 2009 yil penta-valent (AKDS+VGV+XIB) vaksina bilan bolalarni 2-3-4 oylikda emlash;
▶️ 2014 yil rotavirus infeksiyasiga qarshi bolalarni 2 va 3 oyligida emlash;
▶️  2016 yil pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash;
▶️ 2018 yil faolligi kamaytirilgan  poliomiyelit vaksina bilan bolalarni 4 oylikda  emlash  (IPV);
▶️ 2019 yil Respublikada 9 yoshdagi qiz bolalarni odam papilloma virusiga qarshi emlash.
 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan tavsiyalarga muvofiq, har yili o‘tkir bo‘shashgan sholni epidemiologik nazorati o‘rnatilgan tartibda olib boriladi. 

O‘tkir bo‘shashgan sholga gumon etilgan har bir bemordan namuna olib, akkreditasiyadan o‘tgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining virusologiya laboratoriyasida tekshiruvlar o‘tkaziladi. 

Respublikada 1994 yildan  poliomiyelitga qarshi ommaviy emlash kunlari  va 8 ta chegaradosh viloyatlarda tozalash usulida poliomiyelitga qarshi emlash kunlari o‘tkazib kelinmoqda.  

Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda immunizasiya va vaksinasiya tadbirlarini yuqorida darajada  tashkil etish borasida amaliy tajriba va yetarli shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemik barqarorlik ta’minlanib kelinmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!