O‘zbekistonda mahkumlarga masofaviy videouchrashuv xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi

O‘zbekistonda mahkumlarga masofaviy videouchrashuv xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi

Ichki ishlar vazirligi “Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning videouchrashuv orqali onlayn uchrashish imkoniyatlari takomillashtirilayotgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Hujjat loyihasida qayd etilishicha, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning jamiyatdan ajralib qolishining oldini olish, qayta jinoyat sodir etilishi holatlarini kamaytirish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini sohaga jalb etishga zaruriyat mavjud.

Ushbu qonun yangi tahrirdagi O‘zbekiston konstitusiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarga asosan, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning huquqlarini xalqaro normalarga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasini qabul qilish zarurati quyidagilar:

  • jazoni ijro etish muassasalari xususiyatini inobatga olgan holda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofali videouchrashuvga bo‘lgan huquqini ta’minlash;
  • jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning oila va jamiyatdan uzilib qolishi oldini olish, ularning qonunga itoatkor xulq-atvorini rag‘batlantirish orqali kelgusida qayta jinoyat sodir etilishini keskin kamaytirish;
  • jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning huquqlarini xalqaro normalarga muvofiqlashtirish.

Jazoni ijro etish muassasalariga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini jalb etish orqali mahkumlarning masofaviy videouchrashuv xizmatidan foydalanish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda.

Masofali videouchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuvlar miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Mahkumning iltimosiga ko‘ra, mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgandan keyin, shuningdek, alohida hollarda unga qo‘shimcha ravishda masofali videouchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuvga ruxsat etilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!