O‘zbekistonda Kutubxonalar assosiasiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda Kutubxonalar assosiasiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda Kutubxonalar assosiasiyasi tashkil etildi. Assosiasiya raisi etib Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Alisher Abduazizov saylandi.

Yangi uyushma respublikada mavjud 20 ta turli vazirlik va idoralarga qarashli 12 mingdan ortiq kutubxonalar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ularga metodik yordam ko‘rsatish hamda xalqaro tajribani joriy etish maqsadida tashkil etildi.

Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlari ishlab chiqish; taklif va tavsiyalar kiritish; kutubxonachilik faoliyatining barcha sohalari va kutubxona jarayonlariga aloqador axborot texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish; ularni muvofiqlashtirib borish va yordam berish; kutubxonachilik ishini rivojlantirishning istiqbolli rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish va ularning jamoatchilik muhokamasini tashkil etish; muhokama natijalarining oshkoraligini ta’minlash kabilar kutubxonalar assosiasiyasining vazifalari etib belgilandi.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!