O‘zbekistonda koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya MDH davlatlariga tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, biologik tahdidlarga qarshi kurashish sohasida yordam berishda va qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

«Koronavirus pandemiyasi xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishning murakkabligini ko‘rsatib, Rossiya hamda MDH mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rsatdi. Aynan MDH davlatlariga Rossiya birinchi navbatda testlar, dori-darmonlarni yetkazib berdi, har tomonlama uslubiy va tibbiy yordam ko‘rsatdi», — deya ta’kidlagan Nurgaliyev.

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosarining aytishicha, «Sputnik V» vaksinasinining Belarus va Qozog‘istonda ishlab chiqarilishi allaqachon Rossiya texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etilgan va yaqin kelajakda O‘zbekistonda ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilgan.

Avvalroq O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelingani xabar berilgan. Shuningdek, Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini Toshkentda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!