O‘zbekistonda islomiy moliyalash tizimi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. 25 yanvarda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovning aytishicha, bu bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan.
Mamarizo Nurmurodov hozirgacha Markaziy bankka islomiy bank ochish borasida tadbirkorlardan murojaat bo‘lgani yo‘q.
“Biz davlat rahbarining topshiriqlari bilan Markaziy bank va hukumat tomonidan islomiy moliya bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli qaror loyihasini hukumatga kiritganmiz. Ya’ni qumdon tashkil qilib mazkur yo‘nalishdagi ishni boshlamoqchimiz. Bu bilan ma’lum fuqarolarimiz uchun islom moliyasiga sharoit yaratish niyatidamiz. Islom moliyasining iqtisodiy o‘sishimizga bevosita bo‘lmasa ham bilvosita ta’siri bo‘ladi. Chunki islom moliyasi orqali xarid qilingan yoki ko‘rsatilgan qiymat oxir – oqibatda qo‘shilgan qiymat bilan yalpi ichki mahsulotmizga o‘z hissasini qo‘shadi. Albatta, bundan faqat ijobiy natijalar kutish mumkin”, — dedi Markaziy bank raisi.
Avvalroq Apex bank boshqaruvi raisi Bahrom No‘monov O‘zbekiston fuqarolarining 20 foizi diniy sabab bilan an’anaviy kredit tizimidan foydalanmasligini aytgandi.
Markaziy bank departamenti direktori Sanjar Nosirov islomiy bank xizmatlari narxi an’anaviy banknikidan yuqori ekanini ta’kidlagandi.
“An’anaviy bank boshqa, islomiy bank tizimi boshqa. Qonunchiligimizning qurilishi an’anaviy bank tizimiga moslashgan. Agar islomiy bankni joriy qilmoqchi bo‘lsak, qonunchilikni to‘liq qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Ya’ni asosiy qonunlarimiz — Fuqarolik kodeksi, sud, soliq, bojxona nuqtayi nazardan ko‘p hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish zarur bo‘ladi. Bu bo‘yicha birinchi qadam qo‘yilgan. Islomiy bank tizimini rivojlantirish masalasi o‘ylanmoqda. Hukumat komissiyasi tuzilgan bo‘lib, islom moliyasini nafaqat banklarda, balki boshqa sohalarda ham rivojlantirish reja qilingan”, — degan u.
Iqtisodchi Otabek Bakirovning aytishicha, islom shariati amal qiladigan mamlakatlarda ham islomiy bank ulushi an’anaviy banklarnikidan past hisoblanadi.
“Bizda islomiy banklar haqida miflar yaratilgan. Fundamental muammolarimiz islomiy banklar orqali yechilib qoladi, degan qarash bor. Islomiy mamlakatlar, masalan, shariat amal qiladigan Saudiya Arabistonida ham islomiy bank ulushi an’anaviy bankdan orqada. Islomiy bank bo‘yicha eng yuqori ulush Eronda. Islom dini keng tarqalgan mamlakatlarda ham islom bankining ulushi hamma masalalarda an’anaviy bankka yutqizadi. Ya’ni resurs jamg‘arishda ham, moliyalashtirishda ham”, — degan iqtisodchi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.
«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.