O‘zbekistonda harbiylarga barmoq izlari asosida qurol olish uchun dastur yaratildi

O‘zbekistonda harbiylarga barmoq izlari asosida qurol olish uchun dastur yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining xabar berishicha, yurtimizda barmoq izlari skaneri asosida qurollarni olish uchun dasturiy ta’minot yaratildi.

Dastur belgilangan qurollarning avtomatlashtirilgan hisobi uchun olingan barmoq izlari skaneri hamda harbiy xizmatchilarning barmoq izlarini skanerlash asosida qurollarni saqlash uchun piramida elektromagnit qulfining ishlashi uchun mo‘ljallangan.

Xabarda aytilishicha, dasturning funksional imkoniyatlari o‘ziga xosligi harbiy xizmatchilar, shu jumladan qurol berish huquqiga ega bo‘lgan navbatchilarning barmoq izlarini ro‘yxatdan o‘tkazish; elektromagnit qulf asosida piramidaga kirishni nazorat qilish; barmoq izlari skaneri asosida harbiy xizmatchilar tomonidan qurollarni olishning belgilangan tartibdagi elektron hisobini avtomatlashtirishdan iborat.

Shuningdek, dastur uchun J.Tajiyev,​ U.Davlatovlarga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko‘ra DGU 07009 raqamli patent berildi.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!