O‘zbekistonda gepatit A bilan kasallanish holati ortayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda gepatit A bilan kasallanish holati ortayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2024 yilning hoziriga qadar 9507 nafar bola gepatit A kasalligini yuqtirib oldi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kasallanish ko‘rsatkichlarining o‘sishi Andijon, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilmoqda.

Gepatit A kasalligiga qarshi emlash 94-98 foiz holatlarda virus yuqishining oldini oladi va emlashdan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan jiddiy asoratlar kuzatilmaydi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotininig tavsiyasiga ko‘ra, ushbu vaksinaning xavfsizligi va sifatini kafolatlovchi sertifikatlari mavjud bo‘lib, vaksinasiya bir marotaba qo‘llanadi, qayta emlash ishlari talab etilmaydi. Virusli gepatit A kasalligiga qarshi asosan, 18 oylikdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar emlanadi. Virusli gepatit A vaksinasi bilan emlanganidan so‘ng 15 yilgacha muddatda immunitet tarangligi saqlanib qoladi.

O‘tgan yilning 12 oyi davomida respublika bo‘yicha jami 365 167 nafar bolalar virusli gepatit A kasalligiga qarshi vaksina bilan emlangan. Shuningdek, nogiron, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarini ushbu kasallikka qarshi emlash maqsadida Qashqadaryo viloyati, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani va Toshkent shahri hokimliklari tashabbusi bilan virusli Gepatit A vaksinasini xarid qilish uchun mahalliy byudjetdan jami 4 milliard so‘mdan ko‘proq miqdorda mablag‘lar ajratilib, 24 765 nafar bolalar kasallikka qarshi emlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!