O‘zbekistonda elektromobillar importiga boj solinadi

O‘zbekistonda elektromobillar importiga boj solinadi

O‘zbekistonda elektromobillar importiga boj solinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 2 oktyabrdagi qarorida so‘z boradi, deb xabar qildi Spot.

Gap TH VED 870380 kodli tovar mahsulotlari haqida ketmoqda: faqatgina elektr dvigatellari bilan harakatga keltiriladigan transport vositalari.

1 yanvardan boshlab shu turdagi elektromobillar importiga nol stavka joriy etilgan edi. 2020 yil 1 yanvaridan boshlab esa bojxona to‘lovi 10 foizni tashkil etadi.

Joriy yilning yozida elektromobillarni olib kirishda aksiz solig‘i ham bekor qilingandi. Hozircha bu amalda qoladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil boshidan buyon O‘zbekistonga 20 dona elektromobil olib kirilgan. O‘zbekiston elektromobil ishlab chiqarishda Qozog‘iston bilan hamkorlik qilish niyatida ekanligi haqida ham xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!