O‘zbekistonda DNK ekspertizasining narxi qancha?

 O‘zbekistonda DNK ekspertizasining narxi qancha?

AOKA press-xolida Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi laboratoriya mudiri Asilbek Normatov ishtirokida o‘tgan brifingda ko‘plab savollarga javob berildi:

— Bizning markazdagi odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan tayinlangan ekspertizalar va fuqarolarning murojaatlariga ko‘ra o‘tkaziladigan tadqiqotlar belgilangan tarifga binoan to‘lov asosida o‘tkaziladi. 

Pullik xizmatlarni ko‘rsatish Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Tariflar asosida amalga oshiriladi.

Tadqiqot narxini belgilashda tadqiqotning murakkabligi, tekshiriladigan ob’ektlarning soni hamda ushbu tadqiqotga sarflanadigan reagentlar inobatga olinadi.

Xozirgi kunda ushbu to‘lovlarning 3 xil tarifi belgilangan. 

💵 Oddiy tadqiqotlar — 2 083 707 so‘m,

💵 o‘rtacha qiyinlikdagi tadqiqotlar — 4 021 189 so‘m,

💵 murakkab tadqiqotlar uchun — 6 214 564 so‘m qilib belgilangan. 

Bu albatta tadqiqot ob’ektlaridan kelib chiqib belgilanadi. Misol uchun tirik shaxslarning qon yoki so‘lak namunalari 5 tagacha bo‘lganda tadqiqotni minimal narxda to‘lanadi, ya’ni 2 083 707 so‘m. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu summaga ota, ona va 3 farzandning DNK tahlilini olish imkoni mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!