O‘zbekistonda chet el diplomini va’da qilayotganlar paydo bo‘ldi

A A A
O‘zbekistonda chet el diplomini va’da qilayotganlar paydo bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekistonda o‘qitib Buyuk Britaniya diplomini berishni va’da qilayotgan tashkilotlar bo‘yicha axborot berdi.

 «Prezidentimiz o‘tgan yili Oliy Majlisga Murojaatnomasida oliy o‘quv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat ta’lim maskanlari sonini ko‘paytirib, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tgan edi.

Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash uchun Ta’lim inspeksiyasi tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari tashkil etish jarayonlarini soddalashtirish bilan birga, lisenziya talabgorlarining murojaatlarini qisqa muddatlarda ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yildi.

2018 yilning 1 yanvarida O‘zbekistonda 500ta nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 2534tani tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda oliy, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga oid faoliyat bilan shug‘ullanuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish hamda davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan islohotlar ahamiyatli bo‘lmoqda.

Nodavlat ta’lim tashkilotlari soni va yo‘nalishlari oshgani, ular faoliyatini tashkil etishda, xalqaro tashkilotlar, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlik qilinayotgani quvonarli hol.

Biroq ayrim holatlarda mazkur muassasalar faoliyati, vazifasi va vakolati bilan bog‘liq masalalarning noto‘g‘ri tushunilishi yoki talqin qilinishi sababli fuqarolarimizda ayrim nodavlat ta’lim tashkilotlari haqida xolis axborot olishga bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘lmoqda.

Buni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining telegram botiga (@Uztdibot) foydalanuvchilar tomonidan yurtimizdagi nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyati yuzasidan kelib tushayotgan ko‘plab savollardan ko‘rish mumkin.

Xususan, ko‘pchilik «BRITISH FOUNDATION TASHKENT», «LONDON GRADUATE SCHOOL OF BUSINESS» va «INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE AND TECHNOLOGY» ISFT tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi?» deb murojaat qilmoqda.

Yuqoridagi masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Nodavlat ta’lim tashkilotlariga lisenziya berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 martdagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladi.

«BRITISH FOUNDATION TASHKENT» nodavlat ta’lim muassasasi (STIR 305849046) Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Irrigator ko‘chasi, 3-uy manzilida «Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash» ta’lim turi bo‘yicha 2019 yil 16 mayda KMO 0345 raqamli lisenziya olgan bo‘lib, ushbu lisenziyaga ko‘ra, matematika, iqtisodiyot, biznes, ingliz tili ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Mazkur lisenziya oliy ta’lim turi bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish huquqini bermaydi.

«BRITISH FOUNDATION TASHKENT» nodavlat ta’lim muassasasi Buyuk Britaniyaning «NCUK Foundation» konsorsiumi ta’lim dasturi asosida bir yillik «NCUK Foundation» ta’lim dasturini o‘qitishni taklif etmoqda. Ushbu dastur O‘zbekistonda ham, Buyuk Britaniyada ham (4-darajali Buyuk Britaniya Oliy ta’lim kvalifikasiyalari ramkasining 2-darajasi hisoblanadi yoki Buyuk Britaniya Milliy kvalifikasiya ramkasining 5-darajasiga to‘g‘ri keladi) oliy ta’lim faoliyatining bir qismi hisoblanadi. Mazkur muassasa tomonidan ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalariga «Biz diplom bermaymiz, demak biz oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun lisenziya olishimiz shart emas», deb yolg‘on ma’lumot berilmoqda. Faoliyat yakuni bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom beradigan yoki oliy ta’limning ma’lum bir davrini o‘qish imkonini beradigan faoliyat oliy ta’lim faoliyati deb hisoblanadi hamda O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha lisenziya olib faoliyat ko‘rsatishga majbur.

«LONDON GRADUATE SCHOOL OF BUSINESS» tashkiloti oliy ta’lim turi bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan lisenziya olmagan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Amalga oshirilishi uchun lisenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida» 2001 yil 12 maydagi 222-II-son qaroriga muvofiq, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat lisenziyalanishi shart bo‘lgan faoliyat turi hisoblanib, har qanday ta’lim turi bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ta’lim xizmatlarining lisenziyasiz ko‘rsatilishi noqonuniy hisoblanadi.

«INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE AND TECHNOLOGY» ISFT nodavlat ta’lim muassasasiga Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Chilonzor dahasi, 9a-mavze, 18a-uy, 13-xonadon manzilida «Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash» ta’lim turi bo‘yicha 2019 yil 16 mayda KMO 0256 raqamli lisenziya rasmiylashtirilgan. Ushbu lisenziyaga ko‘ra, muassasa boshlang‘ich buxgalteriya hisobi malaka oshirish kursi, fizika, kimyo, matematika, ona tili va adabiyot, rus tili, tarix, ACCA-xalqaro buxgalteriya hisobi va audit, IELTS, ingliz tili ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim xizmatlari ko‘rsatishi mumkin.

Mazkur muassasaning veb-saytida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan yoshlarga Buyuk Britaniyaning Oxford Brookes University, Fransiyaning European Global University kabi oliy ta’lim muassasalarining bakalavr diplomi berilishi e’lon qilingan. Lekin muassasaning nomlari yuqorida qayd etilgan Yevropaning oliy ta’lim muassasalari ta’lim dasturlari asosida faoliyat yuritishi uchun tegishli lisenziya olinishi talab etiladi.

Bundan tashqari, mazkur muassasaning lisenziyada ko‘rsatilmagan manzilda, ya’ni Toshkent davlat agrar universiteti hududida faoliyat yuritishi ham lisenziya talablari va shartlarini buzish hisoblanadi. Nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan Buyuk Britaniyaning Oxford Brookes University oliy ta’lim muassasasining bakalavr diplomi berilishi hamda bu diplom O‘zbekiston Respublikasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sinovlarsiz) tan olinishi targ‘ib qilinmoqda. Ta’kidlash joizki, bakalavr diplomi «INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE AND TECHNOLOGY» ISFT nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan emas, balki Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim muassasasi tomonidan faqat imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga beriladi. Chunki «INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE AND TECHNOLOGY» ISFT nodavlat ta’lim muassasasining bakalavr diplomi berish huquqi mavjud emas.

Shuni yodda tutish muhimki, tegishli lisenziyaga ega bo‘lmagan yoki belgilangan tartibda akkreditasiyadan o‘tmagan ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar nafaqat O‘zbekiston Respublikasida balki boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinmaydi», deyiladi Ta’lim inspeksiyasi xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.