O‘zbekistonda benzin narxi17 foizga qimmatlashdi

O‘zbekistonda benzin narxi17 foizga qimmatlashdi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar—iyun oylarida benzin narxi 17 foizga qimmatlashganini ma’lum qildi. Iyunda benzin respublika bo‘yicha o‘rtacha 2,5 foizga, propan esa 8,7 foizga qimmatlashgan.

Qo‘mita hisobotida keltirilishicha, 2021 yil boshidan narxlarning sezilarli oshishi benzin (17,0 foiz) hamda shaxsiy transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlari (8,2 foiz) narxlarida qayd etilgan. Yillik nisbatda esa inflyasion jarayonlar benzin (38,9 foiz), shaxsiy transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlari hamda havo transportida yo‘lovchi tashish xizmatlari (18,8 foiz) narxlarida yaqqol namoyon bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!