O‘zbekistonda ayrim toifa odamlarga niqob taqmaslikka ruxsat beriladi. Ular kimlar?

O‘zbekistonda ayrim toifa odamlarga niqob taqmaslikka ruxsat beriladi. Ular kimlar?

Ayrim davlatlarda vaksina olganlarga niqobsiz yurish va ijtimoiy masofani saqlamaslikka ruxsat berilayotgan ekan. Bu qanchalik to‘g‘ri? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva javob berdi.

«Vaksinasiya jarayonlariga aholining 60-70 foizi qamrab olinishi ta’minlansa, ommaviy immunitet hosil qilinishi to‘g‘risida ko‘p bora ta’kidlaymiz. Ommaviy immunitetning hosil qilinishi koronavirus infeksiyasini nazorat qilish va yengib chiqishda erishilgan katta yutuqdir.

Vaksinasiyaning to‘liq bosqichlarini olgan inson organizmida koronavirus infeksiyasidan himoya qiluvchi immun hujayralari ishlab chiqiladi. Mazkur hujayralar qancha muddat himoya qilishi borasida to‘liq ma’lumot bo‘lmasada, bu hujayralar titri yuqori bo‘lgan davrda insonga koronavirus infeksiyasi yuqmaydi.

Albatta, bunday holatda vaksinasiya to‘liq bosqichlarini olgan va immunitet hujayralari mavjud insonlargina niqobsiz yurishi va ijtimoiy masofani saqlamasligi mumkin.

Ba’zi davlatlarda vaksinasiya olganlarga niqobsiz yurish va ijtimoiy masofani saqlamaslikka ruxsat berilishi, shu davlatlar aholisi orasida emlanganlar salmog‘i 50 foiz va undan ham ko‘proq bo‘lganligi hamda aholi orasida ommaviy immunitet hosil qilinishiga asos mavjudligi bois bo‘lishi mumkin. Lekin bunday davlatlar juda ham sanoqli.

Shuni unutmaslik kerakki, o‘tayotgan pandemiya davri tibbiy niqoblar va o‘zaro masofa saqlashning samarasini isbotlab berdi», dedi mutaxassis.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!