O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining minimal narxi oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining minimal narxi oshirilishi mumkin

O‘zbekiston Moliya vazirligi «Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

«Minimal narxlar amalda har yili oshadi, qoidaga ko‘ra, bu boradagi tegishli qaror dekabr oxirida qabul qilinadi, yangi narxlar esa yanvar oyidan kuchga kiradi — ushbu amaliyot kamida 2010 yildan beri davom etib kelmoqda», — deb yozadi Spot.

Amaldagi narxlar 2019 yilning noyabrida o‘rnatilgan edi. 2020 yilda narxlarni 1 oktyabrdan yangilash taklif etilmoqda (pivodan boshqa).

  • Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun chakana narx — 9400 so‘m (hozirda 8600 so‘m) va ulgurji narxi — 11 200 (hozirda 10 200 so‘m);
  • Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun chakana narx — 31 000 so‘m (hozirda 33 000 so‘m) va ulgurji narxi — 36 600 (hozirda 39 000 so‘m);
  • Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar 1 litr tayyor mahsulot uchun chakana narx — 24 000 so‘m (hozirda 22 000 so‘m) va ulgurji narxi — 28 500 (hozirda 36 600 so‘m).

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!