O‘zbekistonda aholi uchun «svet» va gaz narxlari bu yil oshmaydi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekistonda aholi uchun «svet» va gaz narxlari bu yil oshmaydi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlarini 2023 yilda oshirish rejalashtirilmagan. Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov ma’lum qildi.

«Narxlar oshadimi yo‘qmi, aniq ayta olmayman. Katta ehtimol bilan oshmaydi, Aholi (jismoniy shaxslar — tahr.) uchun aniq oshmaydi. Lekin bu mazkur masalani muhokama qilmayapmiz degani emas. Turli variantlarni ko‘rib chiqyapmiz, jumladan, qandaydir ijtimoiy normalarni muhokama qilinyapti», — dedi vazir o‘rinbosari.

Uning fikricha, gaz va elektr energiyasi ko‘p iste’mol qiladigan, sovuq qishda uyda futbolkada yuradigan boy odamlar bozor narxida to‘lashi kerak. «Bu adolatdan bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi Sultonov.

«Agar fuqaro ijtimoiy ro‘yxatlardan birida tursa, maoshi kam bo‘lsa, ikki xonali kvartirada yashasa, elektr energiyasi va gazdan tejamkorlik bilan foydalansa, bunday odamlarni rag‘batlantirish kerak. Bunday tariflar aksariyat mamlakatlarda amal qiladi. Biz bunga bir kun yetib boramiz», — dedi Dilshod Sultonov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!