O‘zbekistonda 6 oyda 45 mingdan ortiq jinoyatlar sodir etilgan

O‘zbekistonda 6 oyda 45 mingdan ortiq jinoyatlar sodir etilgan

Ushbu jinoyatlarning 217 tasini qotillik va 489 tasini og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlari tashkil etadi. Qayd etilishicha, sodir etilgan qotillikning har uchinchisi (77 ta) qarindoshlar yoki qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi nizolar oqibatida kelib chiqqan.

Oilaviy nizolarga o‘z vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 9 575 ta huquqbuzarlik sodir etilgan.

«Yoshlarning muammolarini bartaraf etishga yetarli darajada e’tibor qaratilmaganligi» natijasida, o‘tgan 6 oyda qayd etilgan jami jinoyatlarning 7 849 tasi (17,2%) aynan yoshlar tomonidan sodir etilgan.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/uz/2021/07/30/crime/?utm_source=push&utm_medium=telegram


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!