O‘zbekistonda 2020 yilda qancha oila ajrashgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2020 yilda qancha oila ajrashgani ma’lum bo‘ldi

Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda oilaviy ajrimlar er-xotin kelishmovchiligi (50,5 foiz), befarzandlik (16,3 foiz), uzoq vaqt birga oila bo‘lib yashamaslik (10 foiz), migrasiya (2,8 foiz), xiyonat (3,4 foiz) va boshqa omillar (17,0 foiz) sabab yuzaga kelmoqda. Bu haqda 25 aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi vakili so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri.

Vazirlik rasmiysining aytishicha, 2020 yilning o‘tgan davri mobaynida jami 49 ming 811 ta nikoh va 7 ming 857 ta ajralish holati qayd etilgan. Oila bilan bog‘liq salbiy holatlar Toshkent shahrida (31,1 foiz), Sirdaryo (25,6 foiz), Navoiy (22,7 foiz), Andijon (21,2 foiz) va Toshkent viloyatlarida (20,2 foiz) ko‘p kuzatilgan.

«Karantin davrida oilaviy kelishmovchiliklar ortib borayapti, degan nuqtai nazar noto‘g‘ri. Aksincha, ushbu sinovli kunlar oilalar, mahallalarda noyoblashib qolgan mehr-oqibatni qaytardi, hamjihatlik, o‘zaro daxldorlik hissi ortyapti. Qolaversa, biz o‘zbek xalqida og‘ir kunlarda bir-birini suyash, kechirish fazilati ustuvor.

Qanday vaziyat va holat bo‘lmasin, vazirlik oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni sira e’tibordan chetda qoldirmaydi», — dedi vazirlik axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!