O‘zbekistonda 10 soat ichida yana 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 10 soat ichida yana 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi

2020 yil 1 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8627 (+124) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 85 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 24 nafari Toshkent shahrida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi), 5 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 7 nafari Xorazm viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 5682 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2919 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!