O‘zbekiston va Polsha farmasevtika sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Polsha farmasevtika sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha farmasevtika sanoati uyushmasi prezidenti Kshishtof Kopes bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda, shuningdek, Polshaning ushbu tarmoqdagi eng yirik "Polpharma Group" va "Adamed" kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi.

Muzokaralarda O‘zbekistonda farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha investisiya loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Polyak tomoni O‘zbekistonda xorijiy investorlar, xususan farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni yuqori baholadi va "Tashkent Pharma Park" innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterini yaratish borasidagi ishlarga qiziqish bildirdi.

O‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida Polsha farmasevtika sanoati uyushmasi delegasiyasining O‘zbekistonga xizmat safarini uyushtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!