O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida 18 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida 18 ta hujjat imzolandi

Ko‘ksaroyda o‘tgan samarali muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Ilhom Aliyev O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklarasiyani imzoladilar.

Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida 18 ta hujjat imzolandi. Hududlararo hamkorlik, sanoat, xalqaro avtomobil qatnovi, noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish, o‘simliklar karantini va himoyasi sohalaridagi hamkorlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar hamda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi shular jumlasidan.

Ushbu hujjatlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlikning qator istiqbolli yo‘nalishlarida amaliy sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!