O‘zbekiston temir yo‘l transporti sohasi xodimlariga

O‘zbekiston temir yo‘l transporti sohasi xodimlariga

Qadrli do‘stlar!

Avvalo, siz, azizlarni – ming-minglab zahmatkash yo‘lsoz va lokomotivchilar, quruvchi va muhandislar, energetik va aloqachilar, mashinist va vagon kuzatuvchilarini, sohaning barcha ishchi-xizmatchilari va faxriylarini bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Sizlarning fidokorona mehnatingiz bilan barpo etilayotgan yangi temir yo‘l va kommunikasiya tarmoqlari, stansiya va vokzallar, aholi va tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish, mamlakatimiz tranzit salohiyatini oshirish, iqtisodiyotimiz tarmoqlari va ijtimoiy ob’ektlarning bir maromda ishlashini ta’minlashda, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyatga ega.

Ushbu qutlug‘ ayyomda tunu kun samarali mehnat qilib, ana shunday mas’uliyatli soha ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan ko‘pmillatli temir yo‘l jamoalariga, tizimdagi barcha xizmatchi va xodimlarga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman.

Hurmatli temiryo‘lchilar!

So‘nggi yillarda milliy taraqqiyot dasturlarini amalga oshirish jarayonida mamlakatimizning taransport-kommunikasiya va tranzit salohiyatini oshirishga ustuvor ahamiyat berayotganimiz sizlarga yaxshi ma’lum. Shu boradagi keng ko‘lamli islohotlar tufayli O‘zbekiston temir yo‘llari faoliyati tubdan takomillashtirilib, sohada muhim loyiha va dasturlar hayotga joriy etilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlash lozim. Qisqa muddatda 3 ming 800 kilometrdan ziyod temir yo‘l elektrlashtirilib, Buxoro Urganch Xiva temir yo‘li qurib bitkazilgani, lokomotiv parki zamonaviy teplovoz, elektrovoz va elektrichkalar bilan to‘ldirib borilayotgani shu yo‘nalishdagi ishlarimiz ko‘lamidan dalolat beradi.

Eng muhimi, bunday sa’y-harakatlarimiz uzviy va davomli bo‘lib, buning tasdig‘ini Toshkent Urganch Xiva yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanadigan elektr poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish, Miskin – Nukus temir yo‘l tarmog‘ini elektrlashtirish, Toshkent Buxoro Xiva hamda Toshkent – Chirchiq – Hojikent yo‘nalishlarida qurilish jarayonlari jadallik bilan olib borilayotgani misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, bu yil aholiga sifatli transport xizmati ko‘rsatish, turizmni rivojlantirish maqsadida Samarqand shahridan Urgut shahriga, Toshkent viloyatidagi Baytqo‘rg‘on stansiyasidan Parkent tumaniga temir yo‘l tarmog‘ini tortib borish ishlari boshlandi. Shuningdek, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha yirik xalqaro loyihaga start berilgani nafaqat mamlakatimiz, balki mintaqamiz kelajagi uchun ham muhim voqea bo‘ldi.

Qadrli soha xodimlari!

Bugungi kunda temir yo‘l transportini yanada rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi va hajmini ko‘paytirish, ularning sifatini oshirish, muhim zamonaviy kommunikasiya ob’ektlarini barpo etish bo‘yicha hali oldimizda ulkan vazifalar turganini, Yangi O‘zbekistonga hozirgi davr talablariga javob beradigan qudratli temir yo‘l sanoati, temir yo‘l tarmoqlari va xizmatlari zarurligini, o‘ylaymanki, barchamiz yaxshi tushunamiz.

Tariximizda ilgari ko‘rilmagan bunday ulug‘vor va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda biz avvalo chuqur bilim va katta mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, o‘z ishi va kasbini chin dildan sevadigan, butun umrini elga xizmat qilishdek olijanob ishga bag‘ishlab kelayotgan siz, jonkuyar va zahmatkash temiryo‘lchilarimizga tayanamiz.

Aminmanki, sizlar xalqimizning ana shunday yuksak ishonchidan kuch va ilhom olgan holda, yanada samarali mehnat qilib, soha taraqqiyotini albatta yangi bosqichga olib chiqasiz.

Ayni vaqtda ushbu tarmoq rivoji uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish, sizlarning sharafli va mashaqqatli mehnatingizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markazida bo‘lishini alohida qayd etmoqchiman.

Siz, azizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va baxtu saodat, serqirra faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.