O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Xitoyga boradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Xitoyga boradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 19-22 noyabr kunlari Xitoyda bo‘ladi, deya ma’lum qildi Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin brifingda.

“Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ining taklifiga binoan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 19-22 noyabr kunlari Xitoyda bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Mao Ninning qayd etishicha, tashrif davomida Saidov Xitoy va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi birinchi strategik muloqotda ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!