O‘zbekiston san’atkorlari ro‘yxati 70% yangilandi - "O‘zbekkonsert" rahbari

A A A
O‘zbekiston san’atkorlari ro‘yxati 70% yangilandi - "O‘zbekkonsert" rahbari

O‘zbekkonsert direktori Odiljon Abdukahhorov Sputnik O‘zbekistonga bergan eksklyuziv intervyusida respublikada xizmat ko‘rsatgan yoki xalq artisti bo‘lish nima uchun qiyinlashgani, nega endi jonli kuylash kerakligi va qaysi harakatlar uchun lisenziyadan mahrum bo‘lib qolish mumkinligi xususida so‘zlab berdi.

Iqtidorlar qayerdasiz?

Odil Abdug‘aniyevich, yakunlanayotgan yilning eng muhim o‘zgarishlari haqida gapirib bersangiz: O‘zbekkonsert o‘z oldiga qo‘ygan qaysi maqsadlarga erishdi-yu, qaysilari amalga oshmay qolib ketdi?

O‘zbekkonsert muassasasi 2017 yilda O‘zbeknavo estrada birlashmasi va O‘zbekraqs milliy uyushmasi negizida tashkil qilingan edi. Bir oy rahbar vazifasini bajaruvchi sifatida ishladim, so‘ngra direktor lavozimiga tasdiqlandim.

Tashkilot tubdan isloh qilinishi munosabati bilan, tuzilmaviy o‘zgarishlar ham ro‘y berdi. Biz o‘z ishimizni ikkita asosiy yo‘nalishga bo‘lib oldik. Birinchi yo‘nalish bu, muassasamiz nomidan kelib chiqqan holda, respublikamizda bo‘lib o‘tadigan madaniy tadbirlar ustidan nazorat olib borish. Ya’ni bunday tadbirlarni muntazam va yuqori darajada tashkil qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib belgilab oldik.

Ikkinchi yo‘nalish - respublika bo‘yicha iqtidorli ovoz sohiblari, musiqachi va raqqoslarni izlashdan iborat edi. Biz haqiqiy iqtidor egalari kelajakda mamlakatimiz madaniy hayotida, hatto eng yuqori darajadagi tadbirlarda ham faol ishtirok etishlarini xohladik. Nomdor rejissyorlar, xalq artistlari va madaniy arboblardan iborat ishchi guruhi butun respublika bo‘yicha yosh iqtidorlarni izlash bilan shug‘ullandi. Ishonasizmi, shu tarzda o‘tgan yil davomida artistlarimiz ro‘yxati qariyb 70%ga yangilandi.

Biz o‘z oldimizga qo‘ygan muhim maqsadlardan yana biri - bu ijrochilarni fonogrammadan voz kechishga chorlash bo‘ldi. Siz o‘zingiz ham guvoh bo‘ldingiz, 8-dekabr Konstitusiyaning 26 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda uzoq yillar davomida birinchi marta barcha jonli konsert namoyish etildi.

Shuningdek, o‘tgan yilda qo‘shiqlar va ularga ishlangan kliplar saviyasini tasdiqlovchi badiiy kengash tashkil etildi. Bundan tashqari Xalq bilan bo‘l! loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Biz san’atkorlarimiz bilan birgalikda respublikaning eng chekka hududlarida, xususan Surxondaryo viloyatida, Jizzax viloyatida bshldik. Xalq artistimiz - Yulduz Usmonova, xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz va boshqalar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xonadonlargacha kirib borishdi. Fuqarolarimiz san’atkorlarimiz bilan uchrashganida va ular qo‘llaridan sovg‘alarni olishganida ularning yuzlarida paydo bo‘lgan baxtiyorlikni ko‘rsangiz edi. O‘z navbatida biz ham oz bo‘lsa-da, ammo fuqarolarimiz kayfiyatini ko‘targanimizdan mamnun bo‘ldik.

Xayriya mavzusini davom ettirgan holda Obod qishloq milliy loyihasidagi ishtirokimizni ham aytib o‘tmoqchi edim. Xabaringiz borki, hozirda respublikamizning barcha hududlarida obodonlashtirish, qurilish ishlari olib borilmoqda. Biz ham o‘zimizning kamtarona hissamizni qo‘shish uchun respublika bo‘ylab konsertlar tashkil qildik va ulardan tushgan pullarni loyiha hisob raqamiga o‘tkazdik.

Faoliyatimiz bu bilan cheklanmaydi, ma’muriy funksiyalarimizga asosan - O‘zbekkonsert ijrochilarga lisenziya berish va ular faoliyatini nazorat qilish vakolatiga ega organ bo‘lib qolmoqda.

Senzuraga - yo‘q

Aytgancha, ma’muriy funksiyalar haqida - aytingchi, artistdan lisenziyani qaytarib olish tizimi qanday ishlaydi? Bunday qarorni qabul qiluvchi komissiya tarkibiga kimlar kiradi? Baholash qanday amalga oshiriladi?

O‘zbekkonsert da yuqori turuvchi tashkilot, ya’ni Estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi bor. Mana shu kengash doirasida maxsus ijodiy guruh - ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi tuziladi. Kengash tarkibi yilda bir marta tasdiqlanadi va har yili 30%ga o‘zgarib turadi. Shu guruh a’zolari ikki oyda kamida bir marta yig‘ilib, lisenziya berish bo‘yicha murojaatlar, yoxud, aksincha u yoki bu ijrochining lisenziyasini olib qo‘yish masalalarini muhokama qiladilar.

Lisenziyadan mahrum etish tartibiga kelsak, agar xonanda xatoga yo‘l qo‘ysa, biz uni darhol ogohlantiramiz. Birinchi marta adashsa - u bilan tushuntirish ishlari oboriladi, tushuntirish xati olinadi. Agar xato yana takrorlansa, O‘zbekkonsert ga chaqiriladi va lisenzion kelishuv shartlarini va talablarini buzganligi tufayli tegishli tartibda lisenziyadan mahrum etiladi.

Yil oxiriga kelib, ijtimoiy tarmoqlarda shou-biznes vakillari bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta janjalli xabarlar qizg‘in muhokama qilindi. Masalan, xonanda Shaxlo Ahmedova va uning muxlislari O‘zbekkonsert tomonidan xonanda lisenziyasi vaqtincha to‘xtatilishi xabaridan qattiq hayratga tushdilar. Bunday qaror nima sababdan qabul qilindi? Xonanda bu qarorlaringizdan xabardor etilganmidi?

Shaxla Ahmedovaning lisenziyasi olib qo‘yilgach, e’tirozlar bo‘ldi, ammo buni senzura sifatida qabul qilmaslik kerak - bu yerda millat tarbiyasi, ma’naviyati va madaniyati haqida gap bormoqda. Agar o‘sha klip haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, u yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Rolikda o‘zbek mentaliteti va urf-odatlariga yot bo‘lgan xatti-harakatlar bor. Ehtimol xonanda bu klipni boshqa mamlakat uchun suratga olgandir, lekin u internetga qo‘yilgandan keyin, o‘zingiz bilasiz juda tez tarqaladi.

Shahlo Ahmedovaning o‘sha klipini kengash a’zolari tomosha qilgach, xonandani lisenziyadan mahrum etish qarorini qabul qilganlar. Muassasamiz xodimlari xonandaga bir necha marta telefon qilishgan va tusha olishmagan, shundan so‘ng biz xonandaning onasiga qo‘ng‘iroq qilib agar klip chiqsa yuzaga kelishi mumkin oqibatlar haqida ogohlantirganmiz. Shahlo lisenziya bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida bilgan va ongli ravishda bu qadamni qo‘ygan.

Siz to‘g‘ri tushuning, kim bilandir hisob-kitob qilish maqsadimiz yo‘q, biz shunchaki o‘zbek milliy san’atini targ‘ib qilmoqdamiz. Yoshlarimiz esa bu kabi kliplarni tomosha qilib, o‘zbek ijro san’ati shunday bo‘lishi kerak ekan-da, degan fikrga borishlarini istamaymiz. Komissiya a’zolari kliplarni tasdiqlayotganda, biz bu klipni oila davrasida, bolalarimiz bilan birga ko‘ra olamizmi, degan savolni beramiz. Va shundan keyin qaror qabul qilamiz.

Biz tarbiyaviy chora qabul qilib, o‘sha xonandaga yaxshilik qilamiz. Ya’ni u o‘zi yo‘l qo‘yayotgan xatoni anglashini, bolalarimiz esa kelajakda haqiqiy o‘zbek san’atini saqlab qolganligimiz uchun bizga rahmat aytishini istaymiz.

Yana bir shov-shuvli voqea reper San Jay bilan bog‘liq. Aytishlaricha, unga go‘yoki soqoli uchun lisenziya berilmagan. Keyinchalik bu masala hal etilgan bo‘lsa-da, ammo muammo nimadaligi oydinlashmay qoldi. Savol tug‘iladi, soqoning lisenziyaga qanday aloqasi bor?

Men Sanjar (reperning haqiqiy ismi) faqat bir marta uchrashganman va bu voqeaga izoh berishni xohlamas edim. Suhbatimizdan so‘ng u qisqa intervyuni internetga joylagan. Va ana shu intervyu ichida mening soqol haqidagi javobim ham bor. Boshqa hech narsa qo‘shimcha qilolmayman. Shunchaki, aytmoqchi bo‘lganim, didimiz va tanlovimiz turli bo‘lgani bilan, biz o‘z an’ana va urf-odatlarimizni unutmasligimiz, hatti-xarakatimiz esa munosib bo‘lishi lozim.

Davlat tadbirlarida ishtirok etmagan xonandalar lisenziyadan mahrum etiladi, degan xabarlarni qanday izohlaysiz unda?

O‘zbekiston tinch-osoyishta davlat. Tinchlik hukmron bo‘lgan mamlakatga esa tadbirlar yarashadi, to‘ylar ko‘p bo‘ladi. Qolaversa, O‘zbekistonda keyingi vaqtlarda turli darajadagi tadbirlar ko‘plab o‘tkazilmoqda. Xizmat ko‘rsatgan yoki xalq artisti unvonini olgan san’atkorlarimiz esa shunga munosib xizmat ko‘rsatishlari kerak.

2017 yilning avgustida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev lik-lik etib unvon olgan qo‘shiqchilarni qattiq tanqil qilgan edilar. Davlatimiz rahbari artistlar o‘z maqomiga munosib bo‘lishlari, davlat tadbirlarida faol ishtirok etishlari, vatanga xizmat qilishlari kerakligini ta’kidlagandi.

U yoki bu san’atkor ma’lum sabablarga ko‘ra, masalan xorijiy gastrol yoki shaxsiy sabablari tufayli tadbirda qatnashmasalar - biz ularga sharoit yaratib beramiz. Ammo ba’zan shunday bo‘ladiki, artistlar dangasaligi tutib bayram dasturlarida ishtirok etishdan voz kechadilar. Agar biz bugun bittasiga nisbatan chora ko‘rmasak, ertaga u boshqalarga o‘rnak ko‘rsatishi mumkin.

Lisenziyani tiklash qay tarzda amalga oshiriladi?

Hammasi artist o‘zini qanday tutishiga bog‘liq. Agar u bir necha marotaba yozma murojaat qilsa, o‘z xatosini tan olib, o‘zgarganini va boshqa bunday xatoni takrorlamasligini aytsa va biz bunga ishonsak, lisenziyani qaytarishimiz mumkin. Lekin otrabotka bo‘ladi: misol uchun xonanda lisenziyasini bitta viloyatga borishdan voz kechgani uchun oldirib qo‘ygan bo‘lsa, qayta tiklash uchun endi ikkita viloyatga borib ishlab berishi kerak bo‘ladi.

Tanbal yulduzlar, jonli ijro va unvonlar masalasi

Odil Abdug‘aniyevich, suhbat avvalida jonli ijro tashviqoti haqida tilga oldingiz. Bugungi kunda xonandalar fonogrammadan voz kechib, jonli kuylashga tayyormi o‘zi?

Bilasizmi, tan olish kerak, ayrim san’atkorlarimizda oxirgi yillarda dangasalik paydo bo‘la boshladi. Hatto, yuz foiz jonli ijroda kuylay oladiganlari ham yengil yo‘ldan borib, fonogrammadan foydalana boshlashdi.

Joriy yil oktyabr oyida Xalqlar do‘stligi saroyi oldida Ochiq osmon ostida jonli ijro loyihasini tashkil etdik. Va san’atkorlarimiz jonli ijroni qanday mahorat bilan kuylaganliklarini ko‘rib, o‘zimiz ham hayratlandik, faxrlandik. Ayniqsa, tomoshabinlar xursandchiligi cheksiz edi.

Yangi yildan bu loyihani butun respublika bo‘ylab joriy qilmoqchimiz, bunday konsertlarni har bir viloyat shahar va tumanlarida 2-3tadan joylarda o‘tkazamiz.

Konstitusiya kunida o‘tkazilgan jonli konsertdan keyin san’atkorlarimizning aksariyati sarosimaga tushib qolgani ham rost. Ular oldingi davrlar o‘tganini, o‘z ustida ishlash vaqti kelganini tushundilar. Fonogramma dasturlari endi tortmasligini bildilar. Ismlarini aytib o‘tirmayman, lekin ko‘pchilik artistlarimiz jonli ijroda qo‘shiq ayta olmasliklarini tan oldilar, ba’zilari tayyorgarlik uchun vaqt kerakligini aytishdi. Aytishim mumkinki, jonli konsert loyihasi bu singari xonandalarga dars bo‘ldi va shu tufayli ular o‘z ustida ishlay boshlaydilar, deb umid qilaman.

Odilbek Abdug‘aniyevich, negadir keyingi ikki yilda xizmat ko‘rsatgan artist, xalq artisti unvonini olayotgan san’atkorlar soni kamaygandek. Bu motivasiyani pasaytirmaydimi?

Meni nazarimda, bunday amaliyot estradamizga faqat foyda keltirdi. Shuni ochiq aytish kerak-ki, yaqin vaqtlargacha o‘z unvonlarini ijro mahorati tufayli olmagan artistlar ham bo‘lgan. Unvon olish ba’zilar uchun hatto oddiy holatga aylangandi. Ikki yildan buyon vaziyat o‘zgardi - unvon olishga hurmat, mas’uliyat bilan yondashishmoqda. Artistlar ham o‘z ustilarida faolroq ishlay boshladilar, endi hech kim shunchaki unvon ololmasligini tushundi. Ammo unvon olishga intilsa va hozirgidek harakatni davom ettirsalar, ular albatta bu maqsadga erishadilar.

Fursantdan foydalanib barchani kelayotgan Yangi yil ayyomi bilan tabriklab, barchaga faqat ijobiy tuyg‘ular tilayman!

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.