«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan ayollar kimlar?

«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni  bilan taqdirlangan ayollar kimlar?

«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan ayollar:

▫️ 1995 yil. Temirova Muyassar – Buxoro shahridagi «Zardo‘z» aksionerlik jamiyati yuksak badiiy buyumlar tayyorlash uchastkasining katta ustasi

▫️ 1996 yil. Kochkarova Ayshaxon – Namangan viloyati tug‘ruqxonasi bo‘lim mudiri

▫️ 1997 yil. Madaliyeva Manzura Abdullayevna – Qo‘qon shahridagi 10-o‘rta maktab matematika o‘qituvchisi

▫️ Saitova Onesiya Saitovna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1-tug‘ruqxonasining ginekologiya bo‘limi mudiri

▫️ 1999 yil. Ismatova Mavlyuda — O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi, Yunusobod tumani 273-o‘rta maktab direktori

▫️ Rahmatova Martiya Ahmedovna – «Buxoroteks» hissadorlik jamiyati 1-yigiruv-to‘quv fabrikasining yigiruvchisi

▫️ 2001 yil. Pak Vera Borisovna – Xiva shahridagi 20-«Mehribonlik uyi» direktori

▫️ 2002 yil. Akramova Dilbar – O‘zbekiston «Mehr-shafqat va salomatlik» jamg‘armasining Namangan viloyati bo‘limi boshqaruvi raisi

▫️ 2004 yil. Mahmudova Anor Madaminovna – Gurlan tumanidagi Ibn Sino nomli 5-maktab direktori

▫️ 2006 yil. Abdullaxo‘jayeva Malika Samatovna – Respublika patologik anatomiya markazi direktori, akademik

▫️ 2007 yil. Mirzayeva Xalchaxon – To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Xaticha aya» fermer xo‘jaligi boshlig‘i

▫️ 2008 yil. Abdullayeva Siyosatxon – Oltinko‘l tumanidagi «Oltinko‘l vodiy gulshani» fermer xo‘jaligi boshlig‘i

▫️ 2010 yil. Ergasheva Patila – Buvayda tumanidagi «Patilaxon» fermer xo‘jaligi boshlig‘i

▫️ 2015 yil. Ganiyeva Suyima Ganiyevna – Toshkent davlat sharqshunoslik institutining «Mumtoz filologiya» kafedrasi professori

▫️ 2016 yil. Sharapova Muxabbat Arapovna – Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi

▫️ 2019 yil. Murotova Lola – Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

▫️ 2021 yil. Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kafedra mudiri, O‘zbekiston xalq artisti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!