“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi rahbariyati mamlakat Professional ligasining eng mashhur yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishga tayyor.

Klub mutasaddilari jahon futbolida eng ko‘p gol urgan futbolchini Angliya Premyer-ligasi klublariga 40 million funt sterlingga taklif qildi.

TopSkills nashri xabariga ko‘ra, Angliya klublaridan uchtasi bu taklifga darhol rad javobini bergan.

Shunga qaramay, “An-Nasr” rahbariyati futbolchi uchun yangi klub izlashda davom etmoqda. Ronaldu transfer qilish g‘oyasiga Lissabonning “Sporting” klubi jiddiy qiziqish bildirgani aytilmoqda. Aynan shu jamoada Ronaldu professional faoliyatini boshlagan edi.

Ronaldu 2022 yilning 30 dekabrida erkin agent maqomida “An-Nasr” bilan rasman hamkorlikni boshlagan edi. 2025 yil iyunida shartnoma 2027 yil yarmigacha uzaytirildi.

Ochiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi sport tarixidagi eng yuqori maoshni oladi. Uning daromadi shartnoma davomida, tijorat bonuslari bilan birga 400 million AQSh dollaridan oshadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг ре