ECHL. «Manchester Siti» «Real»ga yirik hisobda yutqazdi
«Real» Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limda urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverde 20, 27 va 42-daqiqalarda gol urib, xet-trik qayd etdi. Ikkinchi bo‘lim boshida braziliyalik vinger Vinisius Junior penaltidan unumli foydalana olmadi — darvozabon Janluiji Donnarumma to‘pni qaytardi.
Javob o‘yini bir haftadan keyin, 17 mart kuni Angliyada bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Chempionlar ligasi. 1/8 final
12.03.2026 | 01:00
«Santyago Bernabeu», Madrid
«REAL MADRID» (Ispaniya) — «MANCHESTER SITI» (Angliya) — 3:0
Gollar: Valverde 20 (1:0), Valverde 27 (2:0), Valverde 42 (3:0).
Noaniq penalti: Vinisius Junior 58 (darvozabon).
«Real Madrid»: Kurtua, Ryudiger, Xeysen, Mendi (Garsiya, 46), Aleksandr-Arnold (Karvaxal, 83), Tshuameni, Pitarch (Mastantuono, 76), Arda Gyuler (Kamavinga, 70), Valverde, Vinisius Junior, Dias (Manuel Anxel, 76).
«Manchester Siti»: Donnarumma, Ruben Diash, Gexi, O`Rayli, Abduqodir Husanov, Rodri, Bernardu Silva (Ait Nuri, 70), Doku, Savio (Reynders, 46), Xoland (Marmush, 82), Semenyo (Sherki, 70).
Ogohlantirishlar: Donnarumma (57), Ait Nuri (82).
