O‘zbekiston Prezidenti IHTga a’zo mamlakatlar iqtisodiy hamkorligini chuqurlashtirishga chaqirdi

A A A
O‘zbekiston Prezidenti IHTga a’zo mamlakatlar iqtisodiy hamkorligini chuqurlashtirishga chaqirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 noyabrda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida so‘zlagan nutqida jumladan, shunday ta’kidladi:

– Dunyo siyosiy arxitekturasi tom ma’noda o‘zgarmoqda, global miqyosda qayta shakllanmoqda. Ayni murakkab jarayonda salmoqli ta’sir kuchiga ega tashkilotimiz tarkibidagi davlatlar hamjihat harakatlanishi, vujudga kelayotgan xavf-xatar, tahdidlarga samarali qarshi turishi juda muhim.

Tahlillarga ko‘ra, global inqirozga qaramasdan, IHT iqtisodiyoti barqaror o‘sish sur’atini namoyon etmoqda. Masalan, so‘nggi olti yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 1,5 yarim barobar ko‘paydi. Mamlakat 2030 yilga qadar ushbu ko‘rsatkichni yana ikki barobar oshirishni rejalashtirmoqda. Bunga, avvalo, “yashil” iqtisodiyot va zamonaviy infratuzilmani barpo etish, xususiy sektorni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, faol ravishda xorijiy investisiya jalb etish hisobiga erishish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston IHTning asosiy hujjati – “Istiqbol-2025” ijrosi sarhisobini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu nuqtai nazardan Prezident “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari-2035” yangi hujjati uchun mamlakatimiz takliflarini ilgari surdi.

O‘zaro savdoni rag‘batantirish

O‘tgan yil mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichi 85 milliard dollarni tashkil etdi. Bu raqam tashkilotga a’zo davlatlar umumiy tashqi savdosining atigi 8 foiziga teng.

– Afsuski, imtiyozli savdo bitimini tuzish bo‘yicha ko‘p yillik urinish kutilgan samarani bermayapti, – deya ta’kidladi O‘zbekiston Prezidenti. – To‘siqsiz savdoni shakllantirish yo‘lida hali-hamon ko‘plab cheklov, muammolar saqlanib qolmoqda. Bu holatni ochiq tan olishimiz zarur, ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun, vaziyatga yangicha qarash bilan yondashishimiz kerak.

Davlatimiz rahbati IHT doirasida savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni qabul qilishga chorladi. Mazkur hujjatda tovar va xizmat savdosini yengillashtirish, texnik va notarif to‘siqlarni bartaraf etish, bojxona, fitosanitariya va veterinariya tartib-qoidasini raqamlashtirish, elektron savdoni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, ayni chora-tadbirlar yordamida 2035 yilga borib o‘zaro savdo miqdoriini kamida ikki barobar ko‘paytirish mumkin.

O‘zaro transport-kommunikasiya zanjirini kengaytirish

“Biz Osiyo-Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa mintaqalari yirik bozorlari bilan bog‘laydigan va hududimiz orqali o‘tadigan transkontinental transport yo‘laklari salohiyatidan to‘liq foydalanishimiz zarur”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kelgusida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” va Transafg‘on multimodal yo‘llari ishga tushirilishi barcha a’zo davlatlar manfaatiga mos.

Mamlakat yetakchisi Toshkentda 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Transport vazirlari yig‘ilishida “O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatga boshqa a’zolarni ham qo‘shilishga, o‘zaro tarif va yig‘imlarni maqbullashtirishga chaqirdi.

O‘zbekiston Ozarbayjon va Turkiya bilan yuk tashish hujjatlarini raqamlashtirdi, boshqa davlatlar bilan ham ayni jarayonga kirishilgan. Respublikamiz Prezidenti bunday zamonaviy tizimlarni keng joriy qilish hamda samarali muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida IHT ning Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Sanoat kooperasiyasi hamda ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish, industrial xablarni shakllantirish

O‘zbekiston o‘zaro investisiya oqimini tezlashtirish va himoya qilish, sanoat kooperasiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar dasturini ishlab chiqib, IHT Kotibiyatiga taqdim etdi. Mazkur hujjatda kimyo, energetika, geologiya, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, farmasevtika va qurilish sohalarida yangi qo‘shma loyihalar ilgari surilishi maqsad qilib qo‘yilgan.

“Bu ezgu yo‘lda tashkilotning Savdo va taraqqiyot banki bilan sheriklik ko‘lamini kengaytirish tarafdorimiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sammit oldidan Toshkentda o‘tgan Savdo-sanoat palatalari va ko‘plab kompaniyalar rahbarlari ishtirokidagi beshinchi biznes-forum xususiy sektorda ulkan salohiyatga mavjudligshini yaqqol ko‘rsatdi.

“Biz tashkilotimiz doirasida Hududlararo sanoat ko‘rgazmasini tashkil etish va dastlabki tadbirni 2024 yil yurtimizda o‘tkazish taklifini ilgari suramiz”, - deb ta’kidladi Prezident.

Energetika xavfsizligini kafolatli ta’minlash

O‘zbekiston 2030 yilgacha 25 GVt quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish va tegishli balansdagi ulushni 40 foizga yetkazishni maqsad qilgan. Shu yilning o‘zida mamlakat 2 GVt quvvatga ega yirik shamol va quyosh elektr stansiyalarini ishga tushiradi va “yashil vodorod” ishlab chiqarish sohasida ham ilk qadamlarni qo‘yadi.

“Ayni yo‘nalishda barcha davlatlar bilan ochiq muloqot va tajriba almashishga tayyormiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qilish va ishni tizimli asosda olib borish uchun Prezident IHT doirasida alohida Energetika vazirlari kengashini ta’sis etishni taklif qildi.

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha aloqalarni jadallashtirish

Prezident IHT doirasida Ekologiya masalalari bo‘yicha yuqori darajali platforma yaratish g‘oyasi qo‘llab-quvvatlangani uchun tashakkur izhor etdi. O‘zbkiston mana shunday birinchi anjumanni 2024 yil Samarqand iqlim forumi doirasida tashkil etishga tayyor.

Davlatimiz rahbari IHT vakillarini kelgusi hafta yurtimizda tashkil etiladigan BMTning Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi bajarilishini ko‘rib chiqish bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishida faol ishtirok etishga chorladi.

Turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirish

IHT makonida YUNESKOning 90 ga yaqin Jahon merosi ob’ektlari joylashgan bo‘lib, mamlakatlarmizga har yili salkam 80 million xorijiy sayyoh tashrif buyurmoqda.

“Transchegaraviy yo‘nalishlar tobora ommalashayotganini hisobga olib, qo‘shma turistik marshrutlar joriy etish hamda “Ipak yo‘li” turizm brendi ostida umumiy sayyohlik dasturlarini ko‘paytirishni taklif etaman” – dedi Prezident.

O‘zbekiston yetakchisi IHT Kotibiyati huzurida a’zo mamlakatlar turizm ma’muriyati va yetakchi ekspertlardan iborat alohida Turizm bo‘yicha maslahat qo‘mitasi tashkil etish taklifini bildirdi.

“Tuzilmaning ilk uchrashuvini kelgusi yil IHT turizm poytaxti deb e’lon qilingan Shahrisabz shahrida o‘tkazishga tayyormiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish orqali do‘st xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish

Mamlakatlarimizda navbat bilan Madaniyat, san’at va kino haftaliklari o‘tkazilishini, yoshlarning ijodiy festivallari va innovasion hamkorlik platformasini yo‘lga qo‘yish, fundamental ilmiy yo‘nalishlarda sheriklikni kuchaytirish IHT mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalar rivojiga kuchli turtki beradi.

Yaqin Sharqdagi Falastin – Isroil urushi to‘g‘risida

– Ming afsuski, qonli nizo oqibatida, eng avvalo, begunoh aholi vakillari, ayniqsa, juda ko‘pa yollar, bolalar va keksalar qurbon bo‘lmoqda – deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. – Urushning mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora ravshan tus olmoqda. Qarama-qarshilik keng ko‘lamli mojaroga aylanib ketishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatni to‘xtatish, tinchlik uchun muzokarani boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqiramiz.

“Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyusiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya’ni, o‘z mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qat’iy pozisiyamizni yana bir bor bildiramiz”, – deya qo‘shimcha qildi davlatimiz rahbari.

Prezident sammit IHT a’zolaridan biri – Afg‘oniston ishtirokisiz o‘tayotganiga diqqatini qaratdi.

– Asrlar davomida bizga yon qo‘shni bo‘lgan ko‘p millatli Afg‘oniston xalqini bugungi murakkab muammolari qarshisida yolg‘iz qoldirib bo‘lmaydi, – deya masalaga urg‘u berdi O‘zbekiston yetakchisi. – Ushbu mamlakatni mintaqaviy integrasiya jarayoniga faol jalb etish barqaror taraqqiyotimizning ajralmas va zaruriy shartidir.

Davlatimiz rahbari yakunda afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni ko‘paytirish, ushbu mamlakatdagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni jamoaviy mas’uliyat va maqbul mexanizm asosida hal etishga da’vat etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.