O‘zbekiston Yevropa qit’asi vakiliga qarshi o‘ynaydi

O‘zbekiston Yevropa qit’asi vakiliga qarshi o‘ynaydi

Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazishadi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu yig‘in doirasida Bolgariya terma jamoasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, ushbu o‘yin Sofiya shahrida 6 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ 24 mart kuni Boliviya bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

28 mart kuni esa Venesuela terma jamoasi bilan kurash olib bordi. Bu o‘yinda O‘zbekiston 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!