O‘zbekiston bir qator davlatlar fuqarolariga aviachiptalar sotilishini to‘xtatdi

O‘zbekiston bir qator davlatlar fuqarolariga aviachiptalar sotilishini to‘xtatdi

Belarus-Polsha chegarasidagi migrantlar bilan bog‘liq vaziyatning yanada murakkablashishi oldini olish maqsadida O‘zbekiston Afg‘oniston, Suriya, Iroq, Yaman, Liviya va Livan fuqarolariga Belarusga tranzit uchun aviachiptalar sotishni vaqtincha to‘xtatdi. Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdan kelgan noqonuniy muhojirlarning katta guruhi Belarus chegarasida bir necha haftadan buyon YEI hududiga kirishga urinmoqda.

Shunga qaramasdan Polsha bosh vaziri Mateush Moraveski Polsha Afg‘oniston va O‘zbekistondan Belarus orqali YEIga o‘tadigan noqonuniy muhojirlarning yangi oqimiga duch kelishi mumkinligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!