O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Kecha, 1 aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘iga asosan Afg‘onistonga koronavirus COVID-19 kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy buyumlar va bolalar trikotaj mahsulotlari ko‘rinishida insonparvarlik yordami yuborildi.

Tibbiy niqoblar, himoya kombinezonlari, kasallikni aniqlovchi teplovizor, pirometrlar singari tibbiy vositalar, un, yog‘, guruch va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda birinchi darajali xo‘jalik tovarlar, shuningdek jafokash afg‘on bolalari uchun trikotaj mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuki Angren-Toshkent-Termiz-Mozori-Sharif yo‘nalishi bo‘yicha yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval prezident topshirig‘iga asosan, koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekkan Xitoy va Eronga insonparvarlik yordamini jo‘natilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!