O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" o‘rtasidagi muzokaralarni olqishlaydi

O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" o‘rtasidagi muzokaralarni olqishlaydi

O‘zbekiston Qatar poytaxti Doha shahrida Afg‘oniston Hukumati va “Tolibon” Harakati o‘rtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi TIV bayonot berdi.

 

"Umid qilamizki, afg‘onlararo muloqot o‘t ochishni barqaror to‘xtatishga olib keladi va natijada mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

O‘zbekiston “siyosiy jarayonlar faqat afg‘onlar tomonidan va Afg‘oniston xalqi rahbarligida olib borilishi lozim”, degan asosiy tamoyilga sodiq qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi tomonlarning milliy yarashuvga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlari va intilishlarini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlaydi hamda do‘st Afg‘oniston xalqiga barqaror va farovon davlat barpo etishda har tomonlama yordam ko‘rsatishda davom etadi", – deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!