Uyni ijaraga berishda qo‘shnilarning roziligi shartmi?

Uyni ijaraga berishda qo‘shnilarning roziligi shartmi?

— Ko‘p qavatli uylarda 2 xonali kvartiram bor. Bo‘sh turgani uchun ijaraga bermoqchi edim. Lekin yuqori va pastki qavatdagi qo‘shnilar qarshi bo‘lishyapti. «Har xil odam kelib, ketadi. Ijarachi qo‘ysangiz, ustingizdan arz qilamiz», deyishdi. Bu masalani qanday hal qilishim mumkin? O‘z uyimni ijaraga berishda qo‘shnilarning roziligini olishim shartmi?

Ismi sir tutildi.

Murojaatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi Dilfuza DADADJANOVA javob berdi:

— Xususiy mulkida uyi, kvartirasi bo‘lgan fuqarolar ulardan o‘zlari va oila a’zolari yashashi uchun foydalanadilar. Ular uyiga, kvartirasiga boshqa fuqarolarni ko‘chirib kiritishga, shuningdek turar joylarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga berish shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga yashash uchun berishga haqlidirlar. Mulkida uyi, kvartirasi bo‘lgan fuqarolar ulardan boshqa fuqarolar hamda yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmagan holda boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar. Mulkdor o‘zining uy-joyi ko‘rinishini o‘zgartirishga, qayta qurishga yoki buzishga mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatnomasi bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.

Siz mulkdor sifatida o‘z uyingizni ijaraga asosan foydalanuvchilarga topshirish huquqiga egasiz. Mulkida uyi, kvartirasi bo‘lgan yuridik shaxslar ularni ijaraga, arendaga berishga hamda ulardan uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!