Poyezd chiptasi narxlari yana oshiriladi
2025 yil 1 fevraldan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarining VIP, biznes toifadagi chipta narxlari 25% ga, ekonom toifadagi chipta narxlari 20% ga hamda tezyurar yo‘lovchi poyezdlari "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" poyezdlarining chipta narxlari 30% ga oshirilmoqda.
Bugungi kunda sohada temir yo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, temir yo‘l vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsad sifatida keltirilgan.
"Afrosiyob" elektropoyezdlari chipta narxlari:
Toshkent — Buxoro:
VIP 994 000 so‘m;
Biznes 751 000 so‘m;
Ekonom 484 000 so‘m.
Toshkent — Qarshi:
VIP 854 000 so‘m;
Biznes 634 000 so‘m;
Ekonom 406 000 so‘m.
Toshkent — Samarqand:
VIP 619 000 so‘m;
Biznes 450 000 so‘m;
Ekonom 294 000 so‘m.
Eslatib o‘tish kerak, 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar yo‘nalishdagi poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tilgan.