Financial Times gazetasining xabar berishicha, Rossiya harbiylari urush boshlangan taqdirda Yaponiya va Janubiy Koreyadagi 160 ta obektni o‘z ichiga olgan nishonlar ro‘yxatini ishlab chiqqan.
Seshanba kuni chop etilgan maqolada aytilishicha, Britaniya gazetasi rossiyalik harbiy reja tuzuvchilar 2014-yilgacha tuzgan maxfiy hujjatlarni ko‘rgan.
Hujum rejalari NATO bilan urush Sharqiy Osiyoda kengaygan degan taxmin asosida ofiserlarni tayyorlashga qaratilgan bo‘lgan.
Rossiya nishonlari ro‘yxatidagi dastlabki 82 ta ob’ektlar markaziy va mintaqaviy qo‘mondonlik shtablari, havo bazalari va dengiz inshootlari kabi harbiy mudofaa ob’ektlari hisoblanadi.
Ular orasida Yaponiyaning eng shimoliy Xokkaydo prefekturasidagi Okushiri orolidagi Yaponiya Havo o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlarining radar bazasi suratlari hamda nishonga olingan binolar va inshootlarning aniq o‘lchovlari bor.
Qolganlari Xonsyu va Kyushu orollarini bog‘laydigan Yaponiyaning Kanmon tunneli va Tokio shimoli-sharqidagi Ibaraki prefekturasidagi Tokay qishlog‘idagi yadroviy majmua kabi fuqarolik infratuzilma ob’ektlari.
Janubiy Koreyada ro‘yxatga janubi-sharqdagi Poxan shahridagi po‘lat zavodi va Pusandagi kimyo zavodlari kabi sanoat ob’ektlari kiradi.
Ikki davlat uchun mo‘ljallangan nishonlar ro‘yxati Rossiyaning qanotli raketalarining imkoniyatlarini tushuntirishga qaratilgan taqdimotda keltirilgan.
Taqdimotda, shuningdek, Rossiya harbiylarining 2014-yil fevral oyida Yaponiya va Janubiy Koreya havo mudofaasini sinovdan o‘tkazish uchun yuborilgan Tu-95 strategik bombardimonchi samolyotlarining missiyasi haqidagi hisoboti ham o‘rin olgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Санкциялар Россиядан олиб ташланиши ва АҚШга ўтказилиши керак, чунки Нью-Йоркдан фарқли ўлароқ, Москвада санкциялар остида ўнлаб метро станциялари очилди . Ирландиялик журналист Чей Боуз Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида шундай таклиф билан чиқди.
Россия газини Украина орқали етказиб беришнинг тўхтатилиши европаликларнинг турмуш даражасига “энг салбий таъсир кўрсатади”, шунингдек, Европанинг иқтисодий салоҳиятини заифлаштиради, дейди Россия ТИВ матбуот котиби Мария Захарова.
Европа Иттифоқи ва НАТО аъзоси Словакия ва унинг бош вазири Роберт Фитсо Украина ва унинг президенти Владимир Зеленский билан Россия газининг Украина орқали транзитининг тўхташи юзасидан тўқнаш келишди.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Жессика Росваллга кўра, Европа қурғоқчиликдан азият чекмоқда, Европа Иттифоқи эса сув инқирозидан чиқиш ҳаракатлари ўрнига, энергия хавфсизлигига эътибор қаратмоқда.
Бразилия 25 декабрь куни Қозоғистоннинг Ақтау шаҳри яқинида ҳалокатга учраган AZAL самолёти кабинасидан овоз ёзиш мосламасини аллақачон ўрганишни бошлаган.
Фермерлар намойишига, шунингдек, овчилик жамияти вакиллари ҳам қўшилган, улар ўрмонлардан фойдаланиш ва ов қилиш борасидаги ЕИ ҳамда ҳукумат сиёсатидан норози.