Uyidan so‘roqsiz avtomobil olib chiqqan 17 yoshli farzand YTHga uchrab vafot etdi

Uyidan so‘roqsiz avtomobil olib chiqqan 17 yoshli farzand YTHga uchrab vafot etdi

2022 yil 6 fevral kuni soat 11:30 larda, Namangan shahar Boburshoh ko‘chasida joylashgan “Atlas MCHJ” binosi oldida, 2005 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan shaxs tegishli hujjatlarsiz "Lasetti" rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton stolbaga urilgan.

Natijada haydovchi og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Avtomashinadagi 2005 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi esa “bosh miya yopiq shikasti” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!