O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Bobir Zoxir o‘g‘li Xamrayev Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi va shu munosabat bilan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.

Ulug‘bek Mamadjanovich Yunusov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nodirjon Validjanovich Kasimov O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!