Urgutda fuqaro xonadonida yong‘in sodir bo‘ldi

Urgutda fuqaro xonadonida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun soat 14:13 da Samarqand viloyati Urgut tumani Do‘stlik MFYdagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushdi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.
3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 14:19 da yetib borib, yong‘in soat 15:38 da qurshab olindi va 15:55 da bartaraf etildi.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!