O‘quvchi qizlar layk yig‘ish uchun uyni yoqib yuborishdi (video)

O‘quvchi qizlar layk yig‘ish uchun uyni yoqib yuborishdi (video)

Leningradda maktab o‘quvchilari Instagram da layk yig‘ish uchun qurilishi bitmagan uylardan birini yoqib yuborishdi.

Voqea 6 aprel kuni Turishkino qishlog‘ida sodir bo‘ldi. FVVning ma’lum qilishicha, yongan hudud 24 kvadrat metrni tashkil qilgan, ammo bu axborot tasdiqlanmagan. Videoda ko‘rish mumkinki, uch nafar o‘quvchi qiz uy ichida karton va korobkalarni yoqib, bu holatni Instagram da ko‘rsatishgan.

Uy egasi bo‘lmish ayol uni o‘zi qurayotgani, ammo oilaviy muammolari sababli bitira olmaganini ta’kidlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uyni yoqqan qizlardan birining otasi zararni qoplashga va’da bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!