O‘qituvchilar ko‘p chalinuvchi top 5 ta kasallik

O‘qituvchilar ko‘p chalinuvchi top 5 ta kasallik

Pedagoglar nafaqat surunkali charchoq bilan yurishadi balki ayrim kasb kasalliklari bilan og‘rishadi.

1. Nevrozlar - Semestrga yaqin sinfga o‘z-o‘zidan baqirish yoki bo‘r yo‘qligi yoki ruchka yozmagani uchun yig‘lab yuborish. Yoki uy ishlarini tekshirib uydagi dazmol, mayda narsalarni unutib qoldirish kabilar. nevrozning asosiy belgisi o‘zi bilan gaplashish,  sal narsaga tutoqish, tushkunlikka moyil bo‘lishlar kiradi.

2. Tomoq xiqildoq kasalliklari. Ko‘pincha ko‘p gapirishdan,  baqirib gapirishdan,  zo‘riqishdan tovush paychalari zararlanadi. Tomoq xiqildoq kasalliklariga  bu kasb egalari oson chalinadi. Masalan, ertalab ovozi chiroyli o‘qituvchining kechki payt ovozi umuman chiqmay qolishi mumkin.

3. Qomat buzulishlari. Og‘ir sumkalar va ish joyidagi stol-stulning noqulayligi tufayli ko‘pincha o‘qituvchilarda bel, umurtqa kasalliklari uchraydi. Skalioz bo‘lishi ham mumkin. 

4. Infarkt va insultlar. O‘qituvchilarni hayotdan ko‘pincha shu kasalliklar olib ketadi. Tinimsiz stress, aqliy zo‘riqish, keraksiz topshiriqlar,  oilaviy mojarolar tufayli kasalliklar yig‘ilib infarkt yoki insultga chalinishadi.

5. Boshqa kasalliklar. Masalan, emosional labillik, jinsiy faoliyat susayishi, o‘pka kasalliklari, bosh og‘rig‘i. Ko‘pincha bularga xonada kislorod kamligi, to‘g‘ri ovqatlanmaslik sabab bo‘ladi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!