Italiyaning UniCredit bank guruhi Rossiyadagi mijozlarga kredit berish hajmini 2025 yil oxirigacha iyun oyi oxiridagi 2,3 milliard yevrodan 1 milliard yevrodan kamaytirmoqchi. UniCredit o‘zining Rossiya biznesidagi transchegaraviy to‘lovlar hajmini shu davrda 11,2 milliard yevrodan 8,5 milliard yevrogacha kamaytirmoqchi, deb xabar berdi Reuters.
Shu bilan birga, Reuters agentligining ta’kidlashicha, UniCredit guruhi hali Rossiya bozoridan butunlay chiqib ketishga intilmayapti. Uning ijrochi direktori Andrea Orsel «Rossiya hukumatiga aralashish va bankning mahalliy aktivlarini nazorat qilish uchun bahona beradigan har qanday qadamni qo‘yishni» istamasligini aytdi.
Guruh hisoboti shuni ko‘rsatadiki, ikkinchi chorakda UniCredit Rossiya biznesining sof foydasi yillik hisobda 1,5 baravarga - 116 million yevrogacha kamaydi. O‘tgan chorak bilan solishtirganda, UniCredit Rossiyadagi shu’ba korxonalarining foydasi 1,8 barobar kamaydi.
Germaniyaning Handelsblatt nashriga ko‘ra, yil boshida Yevropa Markaziy banki (EMB) yozma ravishda UniCredit’dan Rossiyadagi biznesini tugatishni tezlashtirishni talab qilgan.
UniCredit Rossiyada faoliyatini davom ettirayotgan Avstriyaning Raiffeisen Bank International (RBI) guruhidan keyin ikkinchi yirik G‘arb bankidir. OAV xabarlariga ko‘ra, AQSh moliya vazirligi Rossiyada biznes yurituvchi Yevropa banklari AQSh sanksiyalariga duchor bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
АҚШ Президенти Дональд Трамп Россия етакчиси Владимир Путин билан бўлиб ўтган суҳбат якунларига кўра, Украина ҳарбий жиҳатдан мағлубиятга учраганини маълум қилди.
Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитасининг собиқ раиси Қамчибек Ташиев давлат тўнтаришига уриниш бўйича жиноий ишда фигурантга айланганини билдирди.