O‘ng tomonga yonboshlab yotishda qanday hikmat bor?

O‘ng tomonga yonboshlab yotishda qanday hikmat bor?

Baro’ ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallahu alayhi vasallam: Uyquga ketishdan avval namozdagi kabi tahorat oling, o‘ng tomonga yonboshlab yoting...

Imom Buxoriy rivoyat qilgan.

Bugungi kunga kelib mazkur hadis o‘zining ilmiy isbotini topdi, desak aslo mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Olimlarning ta’kidlashlaricha, o‘ng tomonga yonboshlab yotish miyada to‘planib qoladigan chiqindilarni qorin yoki tepaga qarab uxlashga qaraganda samaraliroq chiqarishga sabab bo‘ladi. Natijada, u Alsgeymer, Parkinson va boshqa asab kasalliklarining yuzaga kelish xavfini kamaytiradi.

Mazkur xulosa Nyu-York shahridagi Stoni-Bruk universiteti olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda qayd etildi. Kashfiyot sichqonlarda dinamik rang ta’sirli magnit-rezonans tomografiya (MRI) yordamida o‘tkazilgan limfa o‘tkazuvchi yo‘llarni (mazkur tizim chiqindilarni va boshqa xavfli kimyoviy eritmalarni miyadan chiqarib yuborishga javob beradi) suratga olish jarayonlariga oid bir qator tajribalaridan ma’lum bo‘ldi. Olimlar, shuningdek sichqonlarni narkoz ta’sirida yonboshda, kurakda yoki qorinda bo‘lgan uyqu holatlarini kinetik modellashtirib orqa miya va miyadagi hujayralararo suyuqlik nisbatini tekshirishgan. Rochester universitetidagi olimlar esa, fluoressent mikroskopiya va radioaktiv markerlar yordamida olingan ma’lumotlarni hamda uyqu holatida vaziyat amiloidlarni chiqarishga qanchalik ta’sir o‘tkazishini tekshirib chiqishgan. Bunda yuqoridagi xulosa o‘z tasdig‘ini topgan.

Meyken Nederhaard, Rochester universiteti olimi:

O‘ng tomonga yonboshlab uxlash, insonlar va hayvonlar orasida ommalashganiga qaramay, bu holatda biz kun davomida miyamizga yig‘ilgan chiqindilarni samarali tarzda chiqarib yuborishni uyqu holatida uddalaymiz. Miyadan chiqindilarni chiqarish uyqu holatida eng faol bo‘ladi. Bu vaqtda orqa miya suyuqligi o‘z o‘rnida hujayralararo suyuqlik bilan almashinib, limfa tizimi tananing boshqa a’zolaridan chiqindilarni chiqargani kabi, limfa o‘tkazuvchi yo‘llar miyadagi chiqindilarni chiqarib yuboradi. Miyadagi chiqindilar tarkibida betaamiloidlar va tau-proteinlar mavjud. Tadqiqot natijalari uyquning alohida biologik funksiyalaridan biri miyani tozalashi degan konsepsiyani yana bir bor tasdiqladi. Aqliy zaiflikning ko‘pgina turlari uyquning buzilishi, shuningdek uxlashning qiyinlashishidadir. Alsgeymer xastaligi vaqtida uyqu buzilishi, xotira yo‘qolishining tezlashishiga turtki bo‘ladi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!