Ukraina hukumati: Rossiya qo‘shinlari Donesk va Sumi viloyatlarini o‘qqa tutdi

Ukraina hukumati: Rossiya qo‘shinlari Donesk va Sumi viloyatlarini o‘qqa tutdi

Payshanbaga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Donesk viloyatidagi ikkita aholi punktiga raketa zarbalari berdi, ikki mahalliy aholini yaraladi, turar-joy infratuzilmasini vayron qildi, dedi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko.

"Rossiya raketalari Donbassning aholi punktlariga yana zarba berdi. Bu safar - Pokrovsk va Grishino qishlog‘i. Ikki kishi yaralandi, kamida 14 ta shaxsiy uy, ob-havo stansiyasi, ferma - o‘nlab hayvonlar o‘ldi", - deb yozgan Kirilenko Facebook'da.

Sumi shahri rahbari Aleksandr Lisenko ham mintaqaning tungi o‘qqa tutilishi haqida ma’lum qildi.

"Sumida portlashlar eshitilmoqda! Boshpanalarda bo‘ling", - deb yozgan u.

Shuningdek, u aholini snaryadlar kelgan joy haqida xabar bermaslikka va viloyat hokimligidan rasmiy ma’lumot kutishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!