UFC. Islom Maxachev joriy yildagi rejalarini ma’lum qildi

UFC. Islom Maxachev joriy yildagi rejalarini ma’lum qildi

UFC chempioni Islom Maxachevning joriy yil uchun rejalari malum bo‘ldi. Rossiyalik jangchi promoushingdagi navbatdagi jangi Jastin Geytjiga qarshi bo‘lishini aytdi.

35 yoshli amerikalik MMAchi faoliyatida 25 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat bor. U UFC yengil vazn toifasi reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Maxachev, shuningdek, 2024 yilda yana bir jang o‘tkazishiga aniqlik kiritdi - Nyu-Yorkdagi (AQSh) "Madison-skver-garden"da Charlz Oliveyra va Arman Sarukyan o‘rtasidagi jang g‘olibi bilan. Islom bundan keyin 2025 yil fevralida oktagonga kirishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi, biroq tafsilotlar hozircha noma’lum.

Maxachev o‘zining so‘nggi jangini oktyabr oyida UFC 294 doirasida yengil vazn toifasida Aleksandr Volkanovskiyga qarshi o‘tkazdi. O‘shanda Islom UFC 294 ning asosiy jangida raqibini nokautga uchratgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!