Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarani yopdi

Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarani yopdi

«Turkman.news» nashrining xabariga ko‘ra, Turkmaniston 31 yanvardan boshlab O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan «Shovot» va «Farap» nazorat-o‘tkazish punktlarini yopdi.

Xabarda aytilishicha, bu Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida amalga oshirilgan.

O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi esa o‘tkazish punktlari odatdagi rejimda ishlayotganini ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, yanvar oyining so‘nggi kunlarida nazorat-o‘tkazish punktlari ochiq bo‘lsa-da, O‘zbekiston sanitar nazoratni kuchaytirgan va chegarani faqat tibbiyot niqoblarini taqqan holda kesib o‘tishga ruxsat bergan. Aks holda fuqarolar ortiga qaytarib yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!