⚡ Turkiyadan keskin bayonot: "EI bizga saboq berolmaydi, avval o‘zini tuzatsin!"

Turkiya Yevropa Ittifoqini ikkiyuzlamachilikda ayblamoqda
Evropa Ittifoqi Turkiyaga nisbatan ikkiyuzlamachilik qilmoqda, Bryussel Anqaraga demokratiya bo‘yicha saboq berishga haqli emas.
Buni Turkiya prezidentining bosh maslahatchisi Mehmet Uchum X ijtimoiy tarmog‘ida Yevroparlamentdagi Turkiya bo‘yicha ma’ruzachi Nacho Amoraning hisobotiga izoh berar ekan ma’lum qildi.
Uchum Amoraning YEI Turkiya bilan mudofaa aloqalarini rivojlantirishga tayyor ekanligi, ammo Turkiyaning Ittifoqqa a’zo bo‘lish istiqboli yo‘qligi haqidagi so‘zlarini keltiradi. Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning maslahatchisi, Yevropa Ittifoqi Anqaradan terrorizmga qarshi kurashni ham qonunchilik, ham amaliyot nuqtai nazaridan zaiflashtirishni xohlayotganini ma’lum qildi. Uchumning fikricha, bu ezgu niyat emas.
Uchum Yevropa Ittifoqining samimiyatsiz va ikkiyuzlamachi tarzda harakat qilayotganini, EP ma’ruzachisining bayonotlari esa manmanlik va "mustamlakachi fikrlash tarzidan kelib chiqqanligini" ta’kidladi.
"Evropa Ittifoqi - bugungi kunning bemor kishisi. Bu bemorning nomidan so‘zlayotganlar avvalo o‘zlariga nazar solishlari lozim. Bemor kishi, ya’ni Yevropa Ittifoqi Turkiyaga demokratiya va huquq bo‘yicha saboq bera olmaydi. Ular o‘zlarining demokratiya va huquq inqirozlarini hal qilishsin. Ular ijtimoiy adolat muammolariga e’tibor qaratishsin," - dedi Uchum.