Turkiyadagi yong‘inlarga sigaret qoldig‘i sabab qilib ko‘rsatilmoqda. 6 kishi qo‘lga olindi

Turkiyadagi yong‘inlarga sigaret qoldig‘i sabab qilib ko‘rsatilmoqda. 6 kishi qo‘lga olindi

Turkiyaning janubi-g‘arbiy Mug‘la viloyatining ikkita tumanida o‘t qo‘yish ayblovi bilan olti nafar gumonlanuvchi hibsga olindi. Bu haqda "zamon.uz" yozmoqda.

Huquq -tartibot idoralari tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, 2 avgust kuni Milas viloyatida to‘rt kishi kokteyl bilan bog‘liq voqea tufayli yong‘in chiqargan, keyin esa qochishga uringan. Polisiya bir gumondorni Izmir viloyatiga kirayotganda hibsga oldi. Qolganlari mahalliy aholi ko‘magida ushlangan.

Shuningdek, 3 avgust kuni Bodrum tumanida o‘rmon yong‘ini ayblovi bilan yana uch kishi hibsga olindi.

"Yong‘in uch kishi sigaret qoldig‘i va qutisini mashinadan tashlaganidan keyin boshlangan", - dedi Turkiya xavfsizlik xizmati rasmiylari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!