Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi. Xorijdagi saylov uchastkalarida saylovchilarning faolligi rekord darajaga yetdi

Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi. Xorijdagi saylov uchastkalarida saylovchilarning faolligi rekord darajaga yetdi

Xorijda yashovchi Turkiya fuqarolari prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida faol ishtirok etdi, deb yozadi Euronews.

Ikkinchi turda 1 million 895 ming 430 kishi xorijda ovoz berdi. Umuman olganda, saylovchilarning faolligi rekord darajada bo‘lib, 55 foizni tashkil etdi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu fuqarolarning ovozlari g‘olibni aniqlashda asosiy omil bo‘lishi mumkin.

Amaldagi yetakchi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va muxolifat nomzodi Kamal Qilichdaro‘g‘li prezidentlik uchun kurashmoqda.

Birinchi turda saylovchilarning 49,5 foizi Erdo‘g‘onga ovoz bergan. Kilichdoro‘g‘lini 44,9% qo‘llab-quvvatladi.

Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ovoz berish 28-may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!