Turkiya terma jamoasi futbolchisi YTH oqibatida vafot etdi

Turkiya terma jamoasi futbolchisi YTH oqibatida vafot etdi

Turkiyaning «Konyaspor» va milliy terma jamoasi himoyachisi Ahmet Chaliq yo‘l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

27 yoshli futbolchi 11 yanvar kuni Turkiya vaqti bilan ertalab soat 9 larda baxtsiz hodisaga uchradi. Chaliq boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan. Sportchi olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan vaqtda futbolchi mashinada yolg‘iz bo‘lgan.

Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tergov boshlagan.

Chaliq 2020 yilning kuzida «Galatasaroy»dan «Konyaspor»ga o‘tgandi. U Turkiya terma jamoasi libosida sakkizta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasiga bitta gol urgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!