Turkiya muxolifati Erdo‘g‘anni prezidentlik saylovlaridan chetlashtirishni talab qildi

Turkiya muxolifati Erdo‘g‘anni prezidentlik saylovlaridan chetlashtirishni talab qildi

28 mart kuni Turkiyadagi uch muxolifat partiyasi vakillari Oliy saylov komissiyasiga amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni may oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari uchun nomzodlar ro‘yxatidan chiqarib tashlashni talab qilib, ariza topshirdi.

Uning nomzodi konstitusiyaga ziddir, chunki "Yaxshi partiya", "Demokratiya va yutuq" partiyasi hamda "Vatan partiyasi"ga ko‘ra, Erdo‘g‘an allaqachon ikki marta prezident etib saylangan. 2014 va 2018 yillardagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Erdo‘g‘an Turkiya parlamenti muddatidan oldin saylovlar e’lon qilgan taqdirdagina uchinchi marta nomzodini qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi, deya ta’kidlaydi muxolifatchilar. Ammo 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan ovoz berish prezident farmoni bilan belgilandi.

O‘z navbatida, hukmron "Adolat va taraqqiyot" partiyasi spikeri O‘mer Chelik 28 mart kuni Erdo‘g‘anning saylovlarda ishtirok etishiga hech qanday to‘siq yo‘qligini aytdi. Unga ko‘ra, 2018 yilda konstitusiya o‘zgartirilgandan so‘ng u birinchi marta yangi prezidentlik tizimida saylangan, shu bois uning avvalgi prezidentlik muddati hisobga olinmagan. Konstitusiyaviy huquq sohasidagi turkiyalik ekspertlar qonun normalari Erdo‘g‘anga yana nomzodini qo‘yishga imkon beradimi yoki yo‘qmi, bu borada bir fikrga kela olmayapti. Bu yilgi saylovlarda Turkiya prezidentligiga nomzodlarning yakuniy ro‘yxati 31 mart kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!