To‘qayev o‘zining prezidentlik vazifasini aytdi

To‘qayev o‘zining prezidentlik vazifasini aytdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat prezidenti sifatidagi vazifasini qanday ko‘rishini aytdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

“Davlat apparatining vazifasi mamlakatda qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashishdan iborat. Qonunni buzgan holda tadbirkorlik faoliyatiga har qanday to‘sqinlik qilish davlat xarakteridagi jinoyat hisoblanadi. Prezident sifatida men o‘z vazifamni Qozog‘istonni yirik, o‘rta va kichik biznes yuritish uchun mutlaqo qulay davlatga aylantirishdan iborat deb bilaman”, — dedi To‘qayev ishbilarmonlar bilan uchrashuvda.

Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda sud qarorlarining 60 foizdan ortig‘i fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lsa, avvallari bu ko‘rsatkich 15 foizdan kam edi.

“Bu ijobiy tendensiya, bir tomondan haddan oshishga va tebranishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Davlat apparatining tizimli xatolari yuzasidan yetarlicha ish olib borilmayapti, bu esa tadbirkorlarni sudga murojaat qilishga majbur qilmoqda. Hukumat Oliy sud va Milliy tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda davlat organlari faoliyatidagi salbiy holatlarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rishi zarur”, — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!